Davronova Mahfuza Isroilovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi o‘zbek she’riyatida individual uslub poetikasi (Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor va Abduvali Qutbiddin she’riyati misolida)», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2017.3.DSc/Fil93.
Ilmiy maslahatchi:Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Boynazarov Yo‘ldosh, filologiya fanlari doktori, professor; Rahimjonov No‘’mon, filologiya fanlari doktori, professor; Sabirdinov Akbarali, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hozirgi o‘zbek she’riyatida individual uslub poetikasini Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor, Abduvali Qutbiddin asarlari misolida yaxlit, tizimli o‘rganish, xususan, mavzu, g‘oya, lirik kechinma, kompozisiya tahlili, syujet muammosi, badiiy asar, qahramon dunyosi, shoir dunyoqarashi kabi poetika muammolarini ilmiy-nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
individual uslub poetikasini yuzaga chiqaruvchi muhit, davr, manbalar, adabiy-estetik qarashlar va “men”likning ijodda namoyon bo‘lishi kabi omillar, ularning o‘zaro munosabati, uslublar rang-barangligi muammosi hozirgi o‘zbek she’riyati vakillari ijodi misolida ochib berilgan;
ijodkorning ruhiy-psixologik evolyusiyasi ong va ongosti jarayonlarining mahsuli ekanligi hamda unda o‘ziga xos dunyoqarashning shakllanishi, poetik intellektning vujudga kelishi, badiiy mahoratning kamol topishi kabi badiiyat masalalari muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan;
Usmon Azimdagi baxshiyona va intellektual, Iqbol Mirzodagi xalqona, Faxriyor ijodida modern va postmodern xususiyat hamda Abduvali Qutbiddin ijodidagi diniy-falsafiy tasavvuf ohanglari uyg‘unligi kabi individual xususiyatlarining badiiy-lisoniy tamoyillari aniqlangan;
adabiy janr, lirik tasvir va poetik uslub birligi masalasi yaxlit sistemalashtirilib, hozirgi o‘zbek she’riyatida fol`klor va mumtoz adabiyotning ta’siri aniqlangan;
hozirgi o‘zbek she’riyatida poetik uslub belgilari – mikrosyujet elementlari, kompozisiya yaxlitligi, ranglar va ohanglar uyg‘unligi, she’riy shakllar va janrlar rang-barangligining nazariy masalalari ochib berilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi o‘zbek she’riyatida uslub poetikasini tasniflash, tahlil jarayonida ilmiy-nazariy, ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:
Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor va Abduvali Qutbiddin kabi shoirlarning o‘ziga xos poetik olami, obraz yaratish tafakkuri hamda uslubini aniqlashga oid xulosalardan XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-517-son ma’lumotnomasi). Olingan nitajalar asosida fol`klor an’analariga xos bo‘lgan obrazlar va ularning bugungi she’riyatdagi o‘rni aniqlangan;
shoirlar ijodida mifologik qarashlarga bo‘lgan munosabatga oid xulosalardan F1-XT-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotidagi tutgan o‘rni” mavzusidagi yosh olimlar fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 31 yanvardagi 89-03-517-son ma’lumotnomasi). Natijada mifologik obrazlarning hozirgi o‘zbek she’riyatidagi ifodasiga oid nazariy xulosalar chiqarilgan;
Usmon Azim hamda Abduvali Qutbiddin she’riyatida tasavvufga oid xulosalardan 5.1.17 raqamli “Sharq mumtoz adabiyotida inson konsepsiyasi” mavzusidagi fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3670-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi bugungi she’riyatda tasavvufiy qarashlarning mohiyatini yoritishga xizmat qilgan;
Usmon Azim, Iqbol Mirzo va Abduvali Qutbiddin she’riyatida frazeologizmlar va metaforalar shoir manerasini tashkil etuvchi komponentga aylanganligi to‘g‘risidagi xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” nomli fundamental ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 89-03-3670-son ma’lumotnomasi). Natijada shoir manerasini yuzaga chiqaruvchi metafora, frazeologizmlarning ahamiyati aniqlashtirilgan;
Usmon Azim ijodidagi baxshiyona va intellektuallik, Iqbol Mirzodagi xalqonalik, Faxriyordagi modern va postmodern xususiyat hamda Abduvali Qutbiddindagi diniy-falsafiy tasavvuf ohanglar uyg‘unligi kabi individual xususiyatlarni namoyon qilgan jihatlardan Tojikiston Respublikasi Akademik B.G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakul`tetida 2012-2017 o‘quv yillariga mo‘ljallangan “O‘zbek va tojik adabiy aloqalarini o‘rganish: an’ana, mahorat va yangilik masalalari” mavzusidagi ilmiy istiqbol rejasida foydalanilgan (Xo‘jand davlat universitetining 2019 yil 19 avgustidagi 01/4382-son ma’lumotnomasi). Natijada, fakul`tetning “O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasidagi “XX asr adabiyoti” ixtisosligi fanini o‘qitishda tadqiqotdagi tahlilga tortilgan Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor va Abduvali Qutbiddin she’riyati, ularning o‘ziga xos uslubi, uslub poetikasi tahlil qilingan. Ilmiy natijalar magistrant talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun o‘zbek shoirlarining tojik shoirlari bilan aloqa-munosabatlari, badiiyati, o‘xshash va tafovutli jihatlari haqida o‘quv qo‘llanma va monografiyalarini yaratishda manba sifatida xizmat qilgan.