Kenjaboeva Nigora Mamayusufovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirish tizimi”,  13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  (pedagogika fanlari).
Ilmiy rahbar: Musurmonova Oynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar:  Nurmanov Abdinazar Toshbaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirish tizimini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyati tizimining pedagogik tipologiyasi oila-ta’lim muassasasi-nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorlik strategiyasi mazmuni asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyati samaradorligini baholash parametrlari (potranaj, profilaktika, fiziologik-gigienik madaniyat, jinslar tarbiyasi, pedagogik reabilitatsiya) aholining reproduktiv madaniyatini rivojlanish strategiyasi asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirish modeli tibbiy-biologik, ijtimoiy-demografik, pedagogik-psixologik omillarni  reproduktiv madaniyat komponentlari bilan uyg‘unlashtirish va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlikning binar  tizimini kiritish asosida  takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari animatsion darslar, kombinatsiyalashgan ta’lim (mixed-mode), zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan ta’lim mazmuni treninglar o‘tkazish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirish modeli asosida ishlab chiqilgan ta’lim muassasalarida reproduktiv madaniyatni keng targ‘ib qilishning huquqiy asoslariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 11 martdagi “Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi 6-xatboshini shakllantirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 05/3-06-122-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim muassasalari sub’ektlari o‘rtasida reproduktiv madaniyatni takomillashtirishning samarali shakl va metodlaridan unumli foydalanish imkoniyati yaratilgan;
reproduktiv madaniyatning pedagogik omillari, didaktik va tarbiyaviy  imkoniyatlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan komponentlari “Pedagogika tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Pedagogika o‘qitish metodikasi”, “Tarbiya nazariyasi va metodikasi” o‘quv fanlarining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 89-03-409-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirish mazmuni boyitilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari animatsion darslar, kombinatsiyalashgan ta’lim, zamonaviy pedagogik texnologiyalariga asoslangan ta’lim mazmuni bo‘yicha taklif va tavsiyalardan bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyati samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 29 yanvardagi 89-03-409-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion ta’lim texnologiyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining reproduktiv madaniyatini takomillashtirish samaradorligi oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish