Sayt test rejimida ishlamoqda

Xamidova Gulozod Maxsutovnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Yurak qon-tomir tizimi holatiga radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlarning ta’siri (klinik -eksperimental tadqiqot)», 14.00.05 – ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari)

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Tib26

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kayumov Ulug‘bek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 16.07.2013.Tib.17.02.

Rasmiy opponentlar: An Yang Ken tibbiyot fanlari doktori, professor;  Garib Firuz Yusupovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zaxidova Mashkura Ziyamatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya)

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: radiochastotali elektromagnit nurlanishning bevosita va doimiy ta’siri ostida bo‘lgan shaxslarda mazkur nurlanish oqibatida kelib chiquvchi yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlarini aniqlash hamda bunda ularni parvarishlash taktikasi  va erta tashxislash mezonlarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

radiochastota diapazonli elektromagnit nurlanish ta’sir xavfi mavjud kasb bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak-qon tomir patologiyasining shakllanishi va zo‘rayishini prognozlash usuli ishlab chiqilgan;

ilk bora tajriba modelida radiochastota diapazonli elektromagnit nurlanish ta’siri ostida nurlanishning ekspozisiyasi va quvvatiga ko‘ra yurak qon-tomir, immunitet tizimi va modda almashinuvi ayrim turlari buzilishlarining patogenetik mexanizmlari ko‘rsatib berilgan va buzilishlarning chuqurligi baholangan;

ilk bor bevosita va uzoq muddat radiochastota diapazonli elektromagnit nurlanish ta’siri sharoitlarida ishlovchi shaxslarda yurak qon-tomir tizimida sodir bo‘ladigan degenerativ buzilishlarning xususiyatlari va ifodalanganligi isbotlangan hamda ushbu o‘zgarishlarning ayrim klinik-instrumental va biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;

malon dial`degid bilan superoksiddismutazaning o‘zaro nisbatiga asoslangan integrativ ko‘rsatkich takomillashtirilgan, uning yuqori sezgirligi va spesifikligi hamda radiochastota diapazonli elektromagnit nurlanish ta’sirida yurak qon-tomir tizimida yuz beruvchi buzilishlarning rivojlanish va avj olishining prognostik mezonlari sifatida qo‘llanilish imkoniyatlari isbotlab berilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: radioto‘lqin diapazonli elektromagnit nurlanish ta’sir ostida kasbiy xavf bo‘lgan shaxslarda yurak- qon tomir tizimida jarohatlanishning shakllanishi va rivojlanishini prognozlash usuli uchun O‘zbekiston Respublikasining ixtiroga patenti (№IAP 20150374, 07.10.2015 y.) olingan. Mazkur usulda Yurak qon-tomir tizimi buzilishlarini erta tashxislash mezonlarini qo‘llagan holda ularni bashoratlash, radiochastotali elektromagnit nurlanishning ta’sir xavfi mavjud kasb bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda kasallanish va kasbga bog‘liq nogironlanishni pasaytirishga imkon beradi;

«Elektromagnit nurlanishning uzoq muddat ta’sir etishi natijasidagi organopatologiyani immunologik tashxislash» metodik qo‘llanma shaklida sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari instituti  klinikasiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 30 noyabrdagi  8N-d/67-son ma’lumotnomasi). radiochastotali elektromagnit nurlanishning uzoq muddatli ta’sirida a’zolar zararlanishini immunologik tashxislash usuli davolashga sarflanadigan harajatlarni va dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish orqali iqtisodiy naf keltiradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish