Rustamov Erkin Erkamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1032.
Ilmiy rahbar: Abdurahmonova Gurnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Umurzoqov Boxodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmuxamedov Muxsin Murodillaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni innovatsion rivojlanishi sharoitida aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish bo‘yicha taklif 
va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat resurslari shaklanishining aholi ish bilan bandligiga integratsiyasi asosida O‘zbekiston uchun mehnat resurslari balansining zamonaviy tuzilmasi hamda hisobot va prognoz balansni shakllantirishning bosqichli mexanizmi ishlab chiqilgan;
aholining ish bilan bandligini ta’minlash davlat dasturining tuzilmasi haq to‘lanadigan jamoat ishlari, vaqtinchalik va birmartalik ishlarni tashkil etish, ish joylarini zaxira qilish, mehnat qilish uchun tashkiliy ravishda chet elga yuborish hamda kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari asosida takomillashtirilgan;
innovatsion iqtisodiyot uchun kreativ kadrlar tayyorlash maqsadida, rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarda o‘qitishning maxsus STEM dasturi tizimini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida rivojlantirish taklif etilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan aholi toifalari uchun tashkilotlarda ish joylarini zaxira qilishning bosqichli mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish sharoitida aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mehnat resurslari shaklanishining aholi ish bilan bandligiga integratsiyasi asosida O‘zbekiston uchun ishlab chiqilgan mehnat resurslari balansining zamonaviy tuzilmasi hamda hisobot va prognoz balansni shakllantirishning bosqichli mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1011-son “Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xo‘jaliklarini mehnat bilan bandlik masalalari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 01/00-01/10-8720-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy faol, iqtisodiy nofaol aholini va ishsizlarni jinsi, yoshi, ma’lumot darajasi bo‘yicha aniqlash, ish bilan band bo‘lganlarni jinsi, yoshi, ma’lumot darajasi, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlari bo‘yicha aniqlash hamda har yili ishlab chiqiladigan aholining ish bilan bandligini ta’minlash davlat dasturinining loyihasini shakllantirishda foydalanish uchun ish o‘rinlarining talab va taklifini aniqlash imkonini bergan;
aholining ish bilan bandligini ta’minlash davlat dasturining tuzilmasini haq to‘lanadigan jamoat ishlari, vaqtinchalik va birmartalik ishlarni tashkil etish, ish joylarini zaxira qilish, mehnat qilish uchun tashkiliy ravishda chet elga yuborish hamda kasbga o‘qitish va qayta tayyorlash yo‘nalishlari asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ-3506-son “2018 yilda aholi bandligiga ko‘maklashish Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarorni shakllantirishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil  5 noyabrdagi 01/00-01/10-8720-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy qilinishi aholining ish bilan bandligini ta’minlash dasturida qo‘shimcha ravishda haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish, vaqtinchalik va bir martalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan aholi uchun ish joylarini zaxira qilish, ishsizlarni kasbga o‘qitish va qayta o‘qitish orqali ish bilan ta’minlash, mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy ravishda chet ellarga yuborish hamda ishsizlik nafaqasi to‘lash yo‘nalishlari kiritilib, ushbu yo‘nalishlarni monitoring qilish tizimi joriy etilgan;
innovatsion iqtisodiyot uchun kreativ kadrlar tayyorlash maqsadida, rivojlangan mamlakatlarning ta’lim muassasalarda o‘qitishning maxsus STEM dasturi tizimini O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida rivojlantirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 14/1-3312-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida zamonaviy innovatsion iqtisodiyot shakllanishi va raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari uchun kreativ bo‘lgan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash imkoniyati yaratilgan;
ijtimoiy himoyaga muhtoj va mehnat bozorida teng raqobatlasha olmaydigan aholi toifalari uchun tashkilotlarda ish joylarini zaxira qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosqichli mexanizm Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini shakllantirishda qabul qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 01/00-01/10-8720-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotga joriy etilishi hisobiga nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zaxira qilingan ish joylari sonini 2013 yildagi 2,7 mingtadan 2019 yilda 19,1 mingtagacha, ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun 56,9 mingtadan 60,2 mingtagacha, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ona, yolg‘iz otalar uchun 15,0 mingtadan 20,0 mingtagacha oshirilgan;
nogironligi bo‘lganlar va ishga joylashish uchun ob’ektiv qiyinchilikka uchrayotgan fuqarolarni ishga qabul qilayotgan ish beruvchilarni davlat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 iyundagi PQ-3782-son “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta’minlashni rag‘batlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aks ettirilib, unda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlami, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish bilan bandligini ta’minlagan tadbirkorlik sub’ektlariga yagona ijtimoiy to‘lov, davlat mulkidan foydalanish va imtiyozli kreditlar ajratish imtiyozlari ko‘zda tutilgan (Iqtisodiyot vazirligining 2018 yil 21 dekabrdagi NB-6-1/10-41-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ijtimoiy himoyaga muhtoj ish topishda qiynaladigan fuqarolarni ishga qabul qilgan tashkilotlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalariga mustaqil ravishda qabul qilish huquqini berish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, korxonalarda ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan ishchilarga oliy ta’lim muassasalarida o‘qishi uchun engilliklar berish orqali oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish miqdorini oshirish yuzasidan berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PQ-4359-son “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 oktyabrdagi 14/1-3312-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo‘nalishiga 2019/2020 o‘quv yilida mustaqil qabuldan tashqari 102,4 ming nafar talabalarni qabul qilish belgilangan (2018/2019 o‘quv yiliga nisbatan 126,5 foiz).

Yangiliklarga obuna bo‘lish