Mardanov Ziyodullo Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashda modul` texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped764.
Ilmiy rahbar: Annamurotova Svetlana Karimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor, Eshchanov Ro‘zimboy Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashning modulli o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni shakllantirish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish hamda mazmunini boyitish, kompetentli yondashuv asosda bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning mazmun-mohiyati, pedagogik shart-sharoitlari va didaktik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
talabalarida kasbiy kompetentlikni takomillashtirish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari kasbiy kompetentlik tavsifidagi topshiriqlarni, kasbiy kompetentlikka doir materiallar bilan ishlashning interfaol usullarini loyihalash asosida takomillashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni takomillashtirish modelini joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti o‘quv mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, interfaol o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik tizim, umumkasbiy xarakterdagi intellektual topshiriqlar, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi orqali takomillashtirilgan;
o‘qitishning zamonaviy molul` texnologiyalari, ijodiy topshiriqlarni bajarish metodlari (variantlarni tanlash, ixtirochilik, masalalarni echish algoritmi, modellashtirish), bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish darajalari (reproduktiv, produktiv, qisman-izlanishli, kreativ)ni tashxislash komponentlari (tahlil, loyihalash, anketa, bashoratlash), funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini modulli o‘qitish texnologiyalarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy va amliy takliflar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni shakllantirish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini rivojlantirish hamda mazmunini boyitish, kompetentli yondashuv asosda bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni takomillashtirishning mazmun-mohiyati, pedagogik shart-sharoitlari va didaktik imkoniyatlari aniqlashga doir taklif va tavsiyalar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 89-03-1703-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari kasbiy kompetensiyalar tizimi asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikni takomillashtirish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari kasbiy kompetentlik tavsifidagi topshiriqlarni loyihalash, kasbiy kompetentlikka doir materiallar bilan ishlashda interfaol usullarini takomillashtirishga oid takliflardan PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 89-03-1703-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni yuksaltirishning texnologik mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;
kasbiy kompetentlikni takomillashtirish modelini joriy etishning ilmiy-metodik ta’minoti o‘quv mashg‘ulotlarining algoritmik xaritalari, interfaol o‘quv jarayonini ta’minlovchi metodik tizim, pedagogik dasturiy vositalar, tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi, umumkasbiy tavsifdagi intellektual topshiriqlar asosida takomillashtirishga oid takliflardan tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilgan hamda oliy ta’lim muassasalarining biologiya ta’lim yo‘nalishidagi ilmiy metodik ta’minot mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 89-03-1703-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu takliflar ta’lim modelining ilmiy-metodik ta’minoti sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘qitishning zamonaviy molul` texnologiyalari, ijodiy topshiriqlarni bajarish metodlari, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish darajalarini tashxislash komponentlari funksiyalarini integrativ muvofiqlashtirish orqali ta’lim sifat va samaradorligini oshirishga doir tavsiyalardan bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 maydagi 89-03-1703-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchisini mustaqil va kreativ faoliyatga yo‘naltirish, o‘z-o‘zining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga xizmat qilgan.