Xamraeva Sayyora Nasimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Iqt147.
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Murtazaev Olim, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Qulmamat Djanzakovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdusattorxo‘ja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy, uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
an’anaviy talqindan farqli ularoq, biologik, texnik, texnologik va tashkiliy innovatsiyalar samaradorligini oshirishga olib keluvchi  modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishini e’tiborga olib, “qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma” hamda “qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish” tushunchalarning iqtisodiy mazmuni aniqlashtirilgan;
qishloq xo‘jaligi va unga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish darajasini baholashning umumiy indeksini tavsiflovchi innovatsion imkoniyat indeksi (Ii), innovatsiyaga talab darajasi indeksi (Itd) va tarkibiy indeksni (It) aniqlash usuli  ishlab chiqilgan hamda biologik, texnik-texnologik va tashkiliy innovatsiyalarning samaradorligiga ta’sirini baholash uslubi taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga moddiy-texnik ta’minot xizmatlarini majmuaviy amalga oshiruvchi integrallashgan, ko‘p tarmoqli texnologik markazlarni tashkil etish asoslangan;
hududlarda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanganlik darajasi bo‘yicha veterinariya markazlarini maqbul joylashtirish hamda “Ko‘chma tez yordam”, “Onlayn” singari innovatsion xizmatlarni  tashkil etish asoslangan;
qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan 2024 yilgacha muljallangan prognoz parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirishning ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid masalalar 5230100-Iqtisodiyot (qishloq xo‘jaligi) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” darsligiga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-329 guvohnoma). Natijada qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmaning ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini tizimli va kengroq tushunish orqali uni innovatsion rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishga erishilgan;
qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmani innovatsion rivojlantirish natijasida qishloq xo‘jaligida olinadigan samara turlari va uning iqtisodiy samaradorligini aniqlash uslubiyotini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati monitoringini o‘tkazishda qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 03/16-3-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi tarmoqda innovatsion jarayonlarning jadallashuvi, olinadigan innovatsion mahsulot hajmi oshishi va pirovardida tarmoqning barqarorlashuvi ta’minlangan;
qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan texnologik markazlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 03/16-3-son ma’lumotnomasi). Taklifning joriy etilishi infratuzilma sohasida raqobat muhitini shakllantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarining optimal tarkibini belgilash, potensial mijozlar va texnologik markazlar o‘rtasida o‘zaro manfaatga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
hududlarda chorvachilikning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati, rivojlanganlik darajalarini hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan zooveterinariya markazlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining 2018 yil 16 maydagi 02/14-137-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy etilishi chorvachilikda profilaktika ishlarini samarali tashkil etish, zooveterinariya xizmatlarining sifatini va chorva mollarining mahsuldorligini oshirib borish hamda chorvachilikning samarali faoliyat yuritishini ta’minlangan;
ekonometrik model` asosida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga sarflanayotgan innovatsion mablag‘lardan samarali foydalanish orqali yalpi mahsulotni ko‘paytirishga qaratilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 apreldagi 03/16-3-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalariga ko‘ra qishloq xo‘jaligida 2024 yilga qadar innovatsion xarajatlar kiritilishi natijasida qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma xizmatlar hajmi 2018 yilga nisbatan 26,6 foizga ko‘payishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish