Xakimova Muxayyo Karimovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida abstrakt nomlar semantikasi”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.DSc/Fil150.
Ilmiy maslahatchi: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Tojiev Yormat, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi leksik abstraksiyaning tafakkur bilan munosabatini aniqlash, leksik sathdagi abstraksiyalashish jarayonlarini izohlash, abstrakt nomlarning semantik strukturasini, ma’noviy tarkiblanishini oydinlashtirish, ma’no taraqqiyotini asoslash, paradigmatik munosabatlarining o‘ziga xosliklarini dalillashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
leksik sathda abstraksiyaning umumlashtiruvchi turi natijasida konkret, ayiruvchi turi leksik sathda abstraksiyaning umumlashtiruvchi turi natijasida konkret, ayiruvchi turi natijasida esa abstrakt nomlar hosil bo‘lishi aniqlangan va abstraktlikning darajalanishini aks ettiruvchi konkretlik/abstraktlik shkalasi ishlab chiqilgan; 
abstrakt nomlarning lisoniy xususiyatlari ekstralingvistik (falsafiy, mantiqiy, aksiologik)  va lingvistik nuqtai nazardan ochib berilgan; 
abstrakt nomlarning konkret, keng ma’noli, jamlovchi, ajratilgan so‘zlardan farq qiluvchi jihatlari oydinlashtirilgan hamda nominativ, semantik, grammatik kabi chegaralash omillari aniqlangan.
abstrakt nomlarning signifikativ ma’no ustunligi, ma’noning tebranish kengligi, «predmet» semasiga ega emasligi, salbiylik yoki ijobiylikning signifikativ xarakterga egaligi asosida leksik-semantik munosabatlarga kirisha olish imkoniyatlari aniqlangan;
o‘zbek tilshunosligida abstrakt va konkret sifatlarni mazkur turkumning alohida guruhi sifatida ajratish lozimligi isbotlangan;
abstraktlikning hosila ma’nolarda ifodalanishlari asosida abstraktlashish metaforaning alohida turi sifatida ajratilgan, mexanizmi ishlab chiqilgan va uning sinesteziyadan farqli ekanligi  dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida abstrakt nomlar semantikasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
abstrakt nomlarning ma’no xususiyatlari, ularni tasniflash hamda sinonimik, antonimik kabi abstrakt nomlarning ma’no xususiyatlari, ularni tasniflash hamda  «abstrakt» tushunchasi bilan bog‘liq terminlar sinonimiyasini bartaraf etishga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan FA-F1-G041 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» (2012–2016) nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 5 oktyabrdagi 3/1255-2734-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning «O‘zbek tili leksikasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» deb nomlangan birinchi, «O‘zbek tili terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» deb nomlangan ikkinchi yo‘nalishi ilmiy-nazariy materiallar bilan boyigan;
qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni nazariy asoslash, so‘z semantikasi, abstrakt semantikali so‘zlarning enantiosemik xususiyatlari, ushbu hodisaning yuzaga kelishidagi milliy mental omillarning ta’siri kabi ilmiy-nazariy xulosalaridan 2014-yilda bajarilgan I1-FA-0-12850 raqamli «So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat» mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 15 oktyabrdagi 3/1255-2734-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha abstrakt so‘zlar enantiosemiyasiga doir  nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan;
til lug‘at tarkibining abstrakt so‘zlar bilan boyib borish omillari, abstrakt nomlar ma’noviy guruhlarining tasniflash  haqidagi ilmiy xulosalaridan OT-A1-018 raqamli «O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish» (2017-2018) mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3750-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan elektron tarjima lug‘atda bir qator abstrakt so‘zlarning tarjimalari aniqlangan, o‘zbek tilidan boshqa tillarga so‘zma-so‘z tarjima qilib bo‘lmaydiganabstraktso‘zlarning leksikografik talqinlari oydinlashtirilgan;
abstrakt nomlarning falsafiy, mantiqiy, aksiologik va lisoniy xususiyatlariga oid  ma’lumotlaridan ITD-4-122 raqamli «Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish» (2009-2011) mavzusidagi amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3750-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha abstrakt so‘zlar bilan nomlanuvchi qadriyatlarga oid yangi ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
abstrakt nomlarning semantik xususiyatlari asosida ishlab chiqilgan konkret so‘zlar va yondosh hodisalardan farqlanuvchi jihatlari hamda chegaralash omillariga oid nazariy ma’lumotlardan «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» darsligida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3750-son ma’lumotnomasi). Natijada «Hozirgi o‘zbek adabiy tili» fanining abstrakt so‘zlarga oid mazmuni nazariy va amaliy jihatdan takomillashgan;
abstrakt nomlarning aksiologik xususiyatlari haqidagi zamonaviy qarashlardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalida tayyorlanib, efirga uzatilgan «Assalom O‘zbekiston!», «Munosabat», «Tilga e’tibor» kabi ko‘rsatuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanalining 2019 yil 23 oktyabrdagi 01-02-2233-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish