Bekchanova Sayyara Bazarbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek va qoraqalpoq fol`klorida naql janri (genezisi, tipologiyasi va poetikasi)», 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fil318.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Mamatqul, filologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Baxadirova Sarigul, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulova Zebiniso Jaloliddinovna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek va qoraqalpoq fol`kloridagi naqllarning o‘ziga xos janr belgilarini aniqlash hamda ularning badiiy-kompozision xususiyatlarini oydinlashtirish asosida xalq nasri janrlar tizimidagi o‘rnini belgilash, naql janri tipologiyasi, genezisi va poetikasini kompleks tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hikoya qilinayotgan voqelikning mohiyati sarlavhada aks etishi, syujetning ixcham shaklga egaligi va pand-nasihat mazmunining yetakchilik qilishi naqllarning yetakchi janriy belgilari ekanligi asoslangan;
naqllar ibratli an’analarni singdirish, o‘git berish vazifasini bajaruvchi xalq nasri asarlari bo‘lib, ularning kompozision qurilishi hayotiy uydirmaga asoslangan epik bayon hamda didaktik mazmundagi xulosadan iboratligi dalillangan;
qoraqalpoq fol`klorshunosligida «misal», «mənili gəp», «ao‘izeki gүrriң» va «didaktikaliq gүrriң» kabi atamalar bilan nomlab kelingan asarlarning naql janriga mansubligi isbotlangan;
naqllarning mavzu qamrovi diniy, tarixiy, majoziy, hajviy va maishiy mazmundagi og‘zaki nasriy asarlardan iboratligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek va qoraqalpoq xalq og‘zaki poetik ijodidagi naql janrining genezisi, badiiyati, ertak, doston, maqol, matal, topishmoq, latifa, qissa va hikmatlar bilan qiyosiy-tarixiy hamda qiyosiy-tipologik tadqiqi, o‘zaro ta’sir masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
naql janrining genezisi, epik janrlar tizimidagi o‘rni, tipologiyasi, poetik xususiyatlari va badiiy-estetik vazifalari haqidagi qarashlardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2. «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012–2016) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 12 iyundagi FTA-17-01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari fol`klorshunosligidagi adabiy ta’sir va janr tipologiyasi bilan bog‘liq qarashlar naql janri o‘ziga xosligi, mavzu ko‘lami, badiiyati, syujeti va kompozisiyasi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ikki qardosh xalqning azaliy birodarlik munosabatlari o‘zbek va qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodidagi naql janri poetik xususiyatlaridagi o‘zaro yaqinlikka ijobiy ta’siri haqidagi umumlashma xulosalardan amalda bo‘lgan FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» (2017–2020) mavzusidagi fundamental tadqiqotda foydalanilmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 12 iyundagi FTA-17-01/79-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq fol`kloridagi naqllarni o‘zbek xalq og‘zaki ijodidagi shu janrga mansub namunalar bilan kompleks o‘rganish uchun ilmiy-nazariy asos yaratilgan;
turkiy xalqlar fol`klorshunosligida alohida o‘ringa ega bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq fol`kloridagi naqllarni to‘plash, uning genezisi, tasnifiy belgilari, tarkibiy tuzilishi, syujeti, adabiy ta’sir masalalari, qiyosiy tipologiyasi, poetik belgilari haqidagi ilmiy-nazariy va ilmiy-metodik tavsiyalardan Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq Milliy muzeyining ekspozisiyasida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 2-04/1253-son ma’lumotnomasi.). Natijada, muzey ekspozisiyasining o‘zbek va qoraqalpoq fol`kloridagi naql janriga uyg‘un keladigan jihatlari bo‘yicha ko‘rgazma va ekskurs darslari tashkil etilib, ilmiy anjumanlarda bakalavr yo‘nalishi va magisturatura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalarga ma’ruza shaklida tatbiq etilgan va ijobiy natijalarga erishilgan.
naql janrining ertak, afsona, rivoyat, masal va maqol kabi fol`klor janrlari bilan qiyosiy tahlillar orqali aniqlangan xususiy va umumiy xossalariga oid ilmiy-nazariy qarashlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining «Adabiyot va davr», «So‘nmas yulduzlar», «Meros» eshittirishlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston telekanalining «Yoshlar uchun», «Assalomu aleykum, Qoraqalpog‘iston», «Xalq durdonasidan», «Gavhar so‘zlar» kabi teleko‘rsatuvlar ssenariylarini shakllantirishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2019 yil 31 maydagi O‘Z/K-01-02/212-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot manbalari adabiy-badiiy mavzudagi teleradiodasturlarning xalqchil va qiziqarli bo‘lishi, ommabopligi va sifatini oshirishga yordam bergan. Radiotinglovchi va teletomoshabinlarni ikkala qardosh xalqqa xos og‘zaki ijod namunalari bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan.