Xasanova Gulsanam Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Yaponiya umumta’lim va professional ta’lim tizimlarining qiyosiy tahlili», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ruyxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped414.
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Aleuov Userbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Chjen Elena Vital`evna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston va Yaponiya umumta’lim va professional ta’lim tizimlarini qiyosiy tahlil qilish hamda Yaponiyaning ijobiy tajribasidan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«kichik mutaxassis», «kasbiy muhim sifatlar», «ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi», «global tendensiyalar», «professional ta’lim kreativ xarakteri» tushunchalar mohiyati umumnazariy, umumta’lim va umumkasbiy tayyorgarlikni chuqurlashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z maqsadlariga erishish, rejalashtirish, tartibga solish, ijodiy motivatsion munosabatlarni shakllantirish yondashuvlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim va professional ta’lim tizimlarining bosqichlararo integratsiyalash jarayonlari tashkiliy-huquqiy tamoyillar va tashkiliy-pedagogik talablar asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim va professional ta’lim tizimlarini rivojlantirishning amaldagi tendensiyalari pedagogik (uzluksizlik, fundamentalizatsiya, kompetentlik, tizimlilik va ketma-ketlik) hamda maqsadli loyihalashtirilgan pedagogik yondashuv (fanlararo va sub’ektiv integratsiya, modulli, kreativlik, akmeologik) tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
professional ta’lim muassasalari reytingini aniqlash texnologiyasi ierarxik modellashtirish usulini ta’lim sifati darajasi, pedagoglarning salohiyati, o‘quv adabiyot ta’minoti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ochiqligi, moddiy-texnik baza, bitiruvchilar bandligi kabi asosiy mezonlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston va Yaponiya umumta’lim va professional ta’lim tizimlarining qiyosiy tahliliga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalar asosida:
«kichik mutaxassis», «kasbiy muhim sifatlar», «ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi», «global tendensiyalar», «professional ta’lim kreativ xarakteri» tushunchalar mohiyati umumnazariy, umumta’lim va umumkasbiy tayyorgarlikni chuqurlashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z maqsadlariga erishish, rejalashtirish, tartibga solish, ijodiy motivatsion munosabatlarni shakllantirish yondashuvlariga oid taklif va tavsiyalardan A-1-41 raqamli “Kasbga yo‘naltirish, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv ishlab chiqarish tizimida milliy, an’anaviy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish” (2015–2017 yy.) loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 sentyabrdagi 89-03-3491-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatmalar professional ta’lim rivojlanish tendensiyalari va ta’lim mazmuniga o‘ziga xos yondashuvlarni takomillashtirishga, hududiy mehnat bozoridagi ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganishga xizmat qilgan;
umumta’lim va professional ta’lim tizimlarining bosqichlararo integratsiyalash jarayonlari tashkiliy-huquqiy tamoyillar va tashkiliy-pedagogik talablar asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Qozog‘iston Respublikasi va Buyuk Britaniya bilan hamkorlikdagi “Barqaror taraqqiyot va innovatsiyalar bo‘yicha II Markaziy Osiyo Ilmiy Forumi”ning “Ta’limda barqaror taraqqiyot va urbanizatsiya” yo‘nalishi doirasidagi tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Buyuk Britaniyada Qozog‘iston PhD assotsiatsiyasining 2019 yil 4 apreldagi ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha 2030 yilgacha mo‘ljallangan Birlashgan millatlar tashkilotining “Barqaror taraqqiyot dasturi” maqsad va vazifalari ijrosini ta’minlash, yangi investisiyalarni jalb etish, ilmiy-tadqiqot institutlari va Markaziy Osiyo, Buyuk Britaniya olimlari bilan institusional aloqalar o‘rnatishga xizmat qilgan;
umumta’lim va professional ta’lim tizimlarini rivojlantirishning amaldagi tendensiyalari pedagogik hamda maqsadli loyihalashtirilgan pedagogik yondashuv tamoyillariga oid takliflari “Vocational education systems of Uzbekistan and Japan: a comparative analysis” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 6 noyabrdagi 89-03-4307-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash samaradorligini oshirish, o‘qituvchi-professorlarning kasbiy malakasi darajasini oshirishga xizmat qilgan;
professional ta’lim muassasalari reytingini aniqlash texnologiyasi ierarxik modellashtirish usulini ta’lim sifati darajasi, pedagoglarning salohiyati, o‘quv adabiyot ta’minoti, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ochiqligi, moddiy-texnik baza, bitiruvchilar bandligi kabi asosiy mezonlarni qo‘llashga oid takliflardan professional ta’lim tizimi boshqaruv jarayonini takomillashtirishda foydalanilgan (Kasb-hunar ta’limi markazining 2019 yil 5 avgustdagi MX-01/01-1922/M-son ma’lumotnomasi). Mazkur usulni qo‘llash natijasida professional ta’lim muassasalari reytingini asosiy mezonlar bo‘yicha aniqlash texnologiyasini sezilarli darajada osonlashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish