Axmedov Murodjon Ubaydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktab direktorlarining malakasini oshirish jarayonida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.Phd/Ped487.
Ilmiy rahbar: Raxmankulova Nargiz Xadjiakbarovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Bosh ilmiy metodik markazi, DSc.30.05.2018.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich pedagogika fanlari doktori, dotsent; Asqarov Abror Davlatmirzaevich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab direktorlari malakasini oshirish jarayonida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab direktorlari kompetentligiga qo‘yiladigan Davlat talablari ularning malaka tavsifi va o‘quv-tarbiyaviy, pedagogik, moliya-iqtisod, jamoatchilik bo‘yicha boshqaruv faoliyati yo‘nalishlarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonidagi ta’lim sifati monitoring mexanizmi maktab direktorlarining kreativ va ijodiy fikrlash hamda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish kompetensiyalarini baholash bosqichi (IQ va EQ testlar)ni joriy etish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslari ta’lim sifati monitoringi samaradorligi maktab direktorlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish yagona axborot platformasida direktorlarning menejerlikka oid bilimlari, strategik rejalashtirish va loyihalarni boshqarish, kommunikativ va axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash komponentlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
maktab direktorlari malakasini oshirish ta’lim sifati monitoringi menejerlik kurslari samaradorligining uch darajasini aniqlashtirish (bilim darajasi, menejerlik ko‘nikmasi, boshqaruv malakasi) asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umumta’lim maktab direktorlarining malakasini oshirish jarayonida ta’lim sifati monitoringini takomillashtirishga oid ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
umumta’lim maktab direktorlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yilgan talablariga doir takliflardan «Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’limining mazmuni hamda sifatiga qo‘yiladigan Davlat talablari»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O'zStandart” Davlat agentligida 2018 yil 10 aprelda O'zDSt 36.2033:2018 2033-raqam bilan ro‘yxatga olingan. Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 02-02/4-200-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish ta’lim sifati monitoringi maktab direktorlarining tayyorgarligi va kompetentligiga qo‘yilgan talablar asosida amalga oshirilishi ta’minlagan;
malaka oshirish ta’lim sifati monitoringini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish yuzasidan berilgan takliflardan umumta’lim maktab direktorlarining kreativ va ijodiy fikrlash hamda samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini baholash bosqichlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 02-02/4-200-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab direktorlarining malakasini oshirish jarayonida ularning bilimi va boshqaruv (menejerlik) ko‘nikmalarini baholash imkoni yuzaga kelgan;
maktab direktorlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishga oid takliflardan malaka oshirish kurslari ta’lim sifati monitoringining samaradorligi va direktorlarning boshqaruv faoliyatini tashxislash mexanizmini joriy etishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 02-02/4-200-son ma’lumotnomasi). Natijada uzluksiz kasbiy rivojlantirish yagona axborot platformasida maktab direktorlarini strategik rejalashtirish, loyiha boshqaruvi, kommunikativ va axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘nikmalarini baholash imkoni bergan;
malaka oshirish ta’lim sifatini baholash nuqtai nazaridan umumta’lim maktab direktorlari uchun tashkil etilgan menejerlik kurslari samaradorligini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflardan «Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlar malakasini oshirish kurslari yakuniy attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizom»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 02-02/4-200-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktab direktorlarining menejerlik kurslari samaradorligini ularning bilim darajasi, menejerlik ko‘nikmasi va boshqaruv malakasi kabi darajalarda aniqlash imkoni yaratilgan;
malaka oshirish ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatorida professor-o‘qituvchilarning pedagogik faoliyati monitoringiga doir takliflar asosida professor-o‘qituvchilarning ish turlari hajmini hisoblash qoidalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 02-02/4-200-son ma’lumotnomasi. Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklarining 2019 yil 29 martdagi 7-mx, 13/1 q/q, 13-2019-1- q/q-son qo‘shma qarori). Natijada malaka oshirish ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari faoliyati ustidan samarali pedagogik monitoringni amalga oshirish imkon vujudga kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish