Ergashev Ikrom Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq ma’muriyatchiligi tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02–Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Yu187.
Ilmiy rahbar: Xayitov Hushvaqt Saparbaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.27.06.2017.Yu.23.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Davron Quvondiqovich, yuridik fanlar doktori, professor; Rahimov Abdumannob Qo‘zievich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soliq ma’muriyatchiligining tashkiliy-huquqiy asoslarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyotini tahlil qilish va mazkur munosabatlarni huquqiy tartibga solish mexanizmini takomillashtirish va uni samarali joriy qilishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq to‘lovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik sifatida tasniflanishi lozimligi asoslantirilgan;
kameral nazorat natijalariga ko‘ra soliq organining talabnomasiga binoan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida valyuta qonunchiligi sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni tayinlash orqali o‘rganilishi zarurligi asoslab berilgan;
soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘zaro munosabatlarida qonuniylik va shaffoflikni mustahkamlash maqsadida xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirish jarayonida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini alohida belgilash zarurligi asoslantirilgan;
soliqqa oid huquqbuzarliklar oqibatlarini bartaraf etish hamda soliq to‘lovchilar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish maqsadida soliq nazoratini amalga oshirish davomida soliq to‘lovchilarning o‘rganish tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqini belgilash zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq ma’muriyatchiligi tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliq to‘lovchida tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik sifatida tasniflanishi lozimligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 18 oktyabrdagi 106-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi davlat soliq organlari tomonidan xronometraj ko‘zdan kechirishni joriy qilish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
kameral nazorat natijalariga ko‘ra soliq organining talabnomasiga binoan soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida valyuta qonunchiligi sohasida aniqlangan qonunbuzarliklar mavzuga oid va ekspress-o‘rganishni tayinlash orqali o‘rganilishi zarurligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi 965-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6, 15 va 18-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2019 yil 19 apreldagi 12-18-15-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amalga oshirilishi qonunchiligimizda soliq nazorati shakllarini yanada takomillashtirish va mavzuli ekspress-o‘rganish shaklini joriy etishga xizmat qilgan;
soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘zaro munosabatlarida qonuniylik va shaffoflikni mustahkamlash maqsadida xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirish jarayonida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini alohida belgilash zarurligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 18 oktyabrdagi 106-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi xronometraj ko‘zdan kechirishni amalga oshirish jarayonida davlat soliq xizmati organi xodimlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilashga xizmat qilgan;
soliqqa oid huquqbuzarliklar oqibatlarini bartaraf etish hamda soliq to‘lovchilar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish maqsadida soliq nazoratini amalga oshirish davomida soliq to‘lovchilarning o‘rganish tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqini belgilashga qaratilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 71-moddasi birinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 18 oktyabrdagi 106-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi soliq nazoratini amalga oshirish davomida soliq to‘lovchilar o‘rganish tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etish imkoniyatini yaratishga xizmat qilgan.