Abdurashidov Adhamjon Abduhamitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy hunarmandchilik vositasida talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped333.
Ilmiy rahbar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarova O‘g‘iloy Mamashokirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy hunarmandchilik vositasida talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash va mavzu yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy hunarmandchilik vositasida talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning kognitiv, munosabatli va faoliyatga yo‘naltirilgan tadbirkorlikka oid tushunchalarga ega bo‘lish, tadbirkorlik ko‘nikmalariga ega bo‘lish, tadbirkorlik madaniyati va etikasiga ega bo‘lish kabi mezonlari ishlab chiqilgan;
talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini mustaqil ta’lim orqali rivojlantirishning fasilitativ yondashuvga asoslangan modeli ishlab chiqilgan;
talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi tashkiliy, izlanuvchi, shakllantiruvchi, faoliyatli va echim topishga yo‘naltirilgan bosqichlarning mazmunini belgilash asosida amalga oshirilgan;
tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmi ma’naviy, axloqiy, fasilitativ, faoliyatli, madaniyatga oid komponentlarni mutaxassislik fanlari bilan hamda iqtisodiy tarbiya va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish komponentlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy hunarmandchilik vositasida talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy hunarmadchilik vositasida talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik mezonlari asosida “Umumiy pedagogika” nomli darslik ishlab chiqarilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-buyrug‘i, 892-004-son guvohnomasi). Natijada, yoshlarni hunarmandchilikka jalb etish, hunar orqali tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlab borish, usta-shogird maktablarini tashkil etish jarayonlari takomillashgan;
milliy hunarmandchilik vositasida talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini mustaqil ta’lim orqali rivojlantirishning fasilitativ yondashuvga asoslangan modeli asosida “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 martdagi 274-buyrug‘i, 274-016m-son guvohnomasi). Natijada kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi talabalarning kasb tanlashi va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish texnologiyasi tashkiliy, izlanuvchi, shakllantiruvchi, faoliyatli va echim topishga yo‘naltirilgan bosqichlarning mazmunini belgilash asosida amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat yo‘nalishlari Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 89-03-2822-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy pedagogik ta’lim mazmunini moderinizatsiyalashtirishga, o‘quv dasturlarini takomillashtirishga erishilgan;
tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmi ma’naviy, axloqiy, fasilitativ, faoliyatli, madaniyatga oid komponentlarni mutaxassislik fanlari bilan hamda iqtisodiy tarbiya va ma’naviy-axloqiy fazilatlarni rivojlantirish komponentlarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan OT-F1-36 raqamli “Talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 19 iyuldagi 89-03-2822-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar ma’naviyatini diagnostika qilish mezonlari takomillashtirilgan.