Qobilov Usmon Uralovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek adabiyotida nubuvvat motivi va obrazlari talqini (XIV–XV asrlar)”, 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Fil146.
Ilmiy maslahatchi: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Haqqulov Ibrohim, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Nurboy, filologiya fanlari doktori, professor; Erkinov Aftondil, filologiya fanlari doktori.
Yetakchitashkilot: Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek mumtoz adabiyotida nubuvvat motivi va obrazlari orqali ifodalangan ma’rifiy g‘oya va mazmun, janriy va shakliy rang-baranglik, badiiy-irfoniy talqin va ramziy-majoziy ifoda, adabiy-estetik fikr va lirik-epik tavsiflar olami mohiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandalari uchun ilohiy manbalar: Qur’oni Karim, Hadisi sharif doimiy ravishda ilhom manbai bo‘lib kelganligi va nubuvvat mavzusi adabiy asarlarning yetakchi tomonlaridan bo‘lgani holda aynan uning ta’sirida mumtoz adabiyotda badiiy qissalar va obrazlar turkumi vujudga kelganligi asoslangan;
“Qissas-ul anbiyo”lar Sharq donishmandligi mahsuli sifatida mohiyat e’tibori bilan umuminsoniy madaniyat namunasi hisoblanishi va ular mumtoz she’riyat obraz va timsollar olami manbaiga aylanganligi ochib berilgan;
o‘zbek adabiyotida nubuvvat qissalari syujeti va obrazlari talqinida xilma-xil janriy shakllarning istifoda etilganligi; nubuvvat tavhiddan keyingi va valoyatdan oldingi bir maqom bo‘lib, badiiy adabiyot poetikasi uchun ilhom manbai bo‘lib kelganligi ochib berilgan;
tasavvuf va mumtoz adabiyot uchun nubuvvat ma’rifati badiiy-estetik tafakkur maydoni ekanligi, o‘zbek adabiyotida nubuvvat motivi va obrazlari talqiniga xos alohida adabiy janrlar turkumi shakllanganligi asoslab berilgan;
o‘zbek mumtoz she’riyatida nubuvvat timsol-obrazlari keng ko‘lamli poetik manzaralarni hosil etganligi hamda mumtoz badiiy matnlarni yangi tahlil metodlari asosida yorish, poetik obraz manbalari ilmiy tahlilda muhim ekanligi isbotlangan;
o‘zbek adabiyotshunosligida nubuvvat motivi orqali ko‘plab yangicha tushuncha va detallar paydo bo‘lganligi hamda ularning badiiy asar syujet va kompozisiyasiga, adabiy obrazlar olami va badiiy-estetik qarashlar tizimiga ta’siri aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek adabiyotida nubuvvat motivi va obrazlari talqini masalasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek mumtoz adabiyotida islom manbalari asosida shakllangan nubuvvat motivi va obrazlari talqini tadqiqiga doir materiallar 2003–2007 yillarda bajarilgan OT-F7-5.1.17 raqamli “Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi” mavzusidagi fundamental loyihaga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 8903/3168-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari nubuvvat motivi va irfoniy-badiiy talqin, nubuvvat bahri, obraz va badiiy detal`, ramziy-majoziy talqin, Alisher Navoiy she’riyatida nubuvvat ahli obrazlari tavsifi kabi masalalarining izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek mumtoz she’riyatida sermahsul o‘rin tutgan nabiy siymolar, tarixiy-afsonaviy shaxslar, adabiy qahramonlar badiiy obrazlari bajargan poetik funksiyalar, ular orqali ifodalangan ramziy-majoziy ma’nolar olamini idrok etishga oid nazariy xulosalardan 2008–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-027 raqamli “Qo‘lyozma manbalarning milliy, ma’naviy va adabiy meros targ‘ibotidagi ahamiyati” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 8903-3168-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi nubuvvat ahli obrazlari talqini masalasini tatqiq qilishga ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan;
leksik birliklar, poetik nomlar ifodasi, qadimgi turkiy so‘zlardan foydalanish, Alisher Navoiy she’riyatida tarixiy, afsonaviy va adabiy qahramonlar obrazlari parallel tavsifida qo‘llanilgan sintaktik strukturalar derivatsion xususiyatlariga doir materiallardan 2007–2011 yillarda bajarilgan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 89-03-4294-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy til xususiyatlarini ochib berish va mumtoz matnlar tahlillari izohlanishida asos bo‘lib xizmat qilgan;
tasavvuf va mumtoz adabiyot uchun nubuvvat ma’rifati badiiy-estetik tafakkur maydoni ekanligi, o‘zbek adabiyotida nubuvvat motivi va obrazlari talqiniga xos alohida adabiy janrlar turkumi shakllanganligiga oid tavsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot Markazi tomonidan olib borilayotgan xalqaro munosabatlarda, xususan, 2018 yil 19 martda O‘zbekiston Respublikasi va Islom hamkorlik tashkiloti o‘rtasida imzolangan “Yo‘l xaritasi”ning 2-3-bandlari ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2019 yil 5 noyabrdagi 02/432-son ma’lumotnomasi). Bu bugungi globallashuv davrida yoshlarni milliy qadriyatlar asosida barkamol avlod qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotning ahamiyati katta ekanligini ko‘rsataib, ayniqsa, din niqobi ostida yoshlar ongini zaharlash, osoyishtalikka rahna solish, erkin-demokratik taraqqiyotga asoslangan hayotni chigallashtirish kabi qabih harakatlar ma’naviy qashshoqlik oqibati ekanligi yuzasidan xulosalar chiqarishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi qoshidagi “Sadoqat” ijodiy to‘garagi faoliyatida o‘zbek mumtoz adabiyoti g‘oyaviy-badiiy olami, unda diniy-tasavvufiy mavzular talqini masalasi, obraz va timsollar tasviridagi ramziy-majoziy ifodalar, nubuvvat ma’rifati va she’ru shoirlik masalasi, nubuvvat motivi va obrazlarini ifodalagan epik va lirik janrlar poetikasi singari masalalarni o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2019 yil, 23 avgustdagi 01-03-07/916-son ma’lumotnomasi). Natijada seminarlar ilmiy-ommabopligi ta’minlagan va yangi manbalar bilan boyigan;
nubuvvat ma’rifati badiiy-estetik tafakkur maydoni ekanligi oid xulosalar asosida “Nubuvvat va valoyat terminlari qisqacha izohli lug‘ati”da keltirilgan nubuvvat, payg‘ambar, nabiy, rasul, qasas, vahiy, she’r, shoirlik, nubuvvat xayli, nubuvvat nuri, valoyat, tajalli, husn shohi, komil inson, mo‘’jiza, profetologiya, maloyika, tavhid, nubuvvat gulshani, nubuvvat bahri, nubuvvat quyoshi, nubuvvat sipehri, nubuvvat osmoni, risolat gumbazi, xayli rusul, sultoni nubuvvat, nubuvvat silsilasi, me’rojnoma, na’t, madh, vasf, maqom, hol, fano, baqo, ishq, tafsir, ta’vil, uruj, qurb, xatm singari hali o‘zbek adabiyotshunosligi terminologiyasidan muqim o‘rin olmagan asosiy tushuncha va birliklar ma’nosi izohlab berilgan lug‘at yaratilgan (ISBN 978-8943-8372-4-8). Lug‘at adabiyotshunoslikda nubuvvat va tasavvuf terminlarini to‘g‘ri qo‘llash va izohlashni ta’minlash uchun xizmat qiladi.