Davronova Shohsanam G‘aybulloevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Istiqlol davri o‘zbek romanlarida Sharq va G‘arb an’analarining badiiy sintezi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Fil145.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Shoira Nematovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islamjon, filologiya fanlari doktori; Pardaeva Zulfiya, filologiya fanlari doktori, professor; Mirzaeva Zulxumor, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi  tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: istiqlol davri o‘zbek romanlarida Sharq va G‘arb adabiy an’analarining badiiy sintezi masalasini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetik tafakkurdagi o‘zgarishlar va Sharq va G‘arb adabiy an’analari sintezi natijasida istiqlol davri o‘zbek romanchiligining yaxlit estetik hodisa sifatidagi yangilanish xususiyatlari asoslangan;
Sharq va G‘arb adabiy an’analarining sintezi atamasi bilan tavsiflanadigan hodisaning mohiyati adabiy jarayon va yaxlit tizimli konsepsiya asosida ochib berilgan;
istiqlol davri o‘zbek romanchiligida Sharq va G‘arb adabiy an’analari sintezining yuzaga kelishida ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-madaniy, individual-ruhiy omillar ta’siri aniqlangan;
o‘zbek romanlari janriy tabiatidagi shakliy-uslubiy yangilanish, poetik ko‘lam, ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-estetik qarashlar tizimining kengayishi xalq og‘zaki ijodi, adabiy-tarixiy hamda jahon adabiyoti an’analarining zamonaviy milliy badiiy tafakkur bilan uyg‘unlashuvi va badiiy qahramonda aks etishi asoslangan;
istiqlol davri o‘zbek romanchiligi mifopoetik tafakkur, fol`klor, mumtoz adabiy an’analar, zamonaviy realistik romanchilik tajribalari, modernistik uslublar, adabiy oqimlarga xos xususiyatlar, ilmiy-falsafiy va badiiy qonuniyatlar, adabiy ta’sir va ijodiy individuallik sintezi natijasi ekanligi dalillangan;
jahon va o‘zbek adabiyoti uchun tipologik hodisalar, ijodiy izlanishlar, davr romanchiligidagi badiiy-estetik konseptuallik ijodkorlar mahorati bilan uzviy bog‘liqlik natijasi sifatida yuzaga kelgan yaxlit tizim ekanligi isbotlangan;
romanlarda Sharq va G‘arb adabiy an’analari sintezi ta’sirida yuzaga kelgan falsafiy mushohadaning teranlashuvi, ruhiyat tasviriga e’tiborning ortishi, intellektual romanga xos xususiyatlarning namoyon bo‘lishi, ifodada ramziylikning kuchayganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Istiqlol davri o‘zbek romanlarida Sharq va G‘arb adabiy an’analarining sintezi muammosini milliy va jahon badiiy tafakkuri kontekstida tipologik tadqiq etish, adabiyotshunoslik nazariyasi tarixiy-badiiy, ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
Mustaqillik davri o‘zbek romanchiligining oziqlanish manbalari, fol`klor an’analariga oid xulosalardan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” (2012–2016) mavzuidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2487-son ma’lumotnomasi). Natijada intellektual romanlarda miflarning o‘rnini belgilash, mifologiyadan foydalanishning o‘zbek romanchiligidagi yangicha tamoyillarning taraqqiyotiga ta’siri to‘g‘risidagi xulosalar chiqarishda asos bo‘lgan;
romanchilikda adabiy an’analarga izdoshlikning ahamiyatini yoritishga oid tavsiyadan OT-FZ-090 raqamli “Jadid adabiyoti – jahon ilg‘or adabiyotining sintezi sifatida” (2017–2011) fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2487-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash tufayli jadid adabiyoti namoyandalarining badiiy ijod jarayoniga olib kirgan yangiliklari, adabiy tajribalarining bugungi o‘zbek romanchiligi poetik takomilidagi o‘rni haqidagi xulosalar bilan boyitilgan;
adabiy jarayon takomili bilan bog‘liq qarashlardan istiqlol davri o‘zbek romanchiligiga xos xususiyatlarni yoritishda  F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” (2012–2016) mavzusidagi fundamental grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 15 iyundagi 89-03-2487-son ma’lumotnomasi). Natijada Sharq va G‘arb adabiy an’analarining badiiy sintezi asosida istiqlol davri o‘zbek romanchiligidagi shakliy-uslubiy yangilanishlar, roman janri tabiatida yuz bergan sintez ko‘rinishlarini aniqlash imkoniyatini bergan;
istiqlol davri o‘zbek romanlarida fol`klor, mumtoz, jahon va modern adabiyotga xos xususiyatlarning sintezlashish holatlari, adabiy-tarixiy an’analarga izdoshlikning o‘rni, romanchilik maktabi tajribalarini ijodiy o‘zlashtirish masalasiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida bajarilgan F1-FA-055746 raqamli “Markaziy Osiyo xalqlari qo‘lyozma yodgorliklarini tadqiq etish. O‘zbekiston shoir va yozuvchilari arxivini ilmiy tavsifi va nashr qilish” mavzusidagi fundamental loyihada (2012–2017) foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 89-03-3876-son ma’lumotnomasi). Davr romanlari qiyosiy aspektda o‘rganilib, ulardagi shakliy-uslubiy yangilanishlar, poetik kashfiyotlarning yuzaga kelish omillarini yoritishda foydalanilganligi natijasida mavjud an’analarning muhim o‘rin tutganligi to‘g‘risida xulosalarga ega bo‘lingan;
istiqlol davri o‘zbek romanchiligidagi poetik o‘zgarishlar, o‘ziga xos jihatlar, badiiy matn kompozisiyasida milliy koloritning saqlanishiga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Navoiy davlat pedagogika institutida bajarilgan XT-F-2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada (2008–2010)  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 oktyabrdagi 89-03-3876-son ma’lumotnomasi). Xalq og‘zaki ijodining yozma adabiyotga ta’siri, Sharq va G‘arb an’analari sintezining yuzaga kelish omillari, davr romanchiligida fol`klor ta’sirida yuzaga kelgan yangicha tamoyillar, fol`klorizmning o‘rni, mifopoetik tafakkurning aks etishi muammosi kabi materiallar haqidagi bilimlarni yangi ma’lumotlar bilan boyitilishiga erishilgan;
o‘zbek romanchiligi rivojiga turkiy xalqlar ijtimoiy va etnik kelib chiqishi, til, madaniyat, e’tiqodiy qarashlari mushtarakligi kabi omillar ta’sirining aniqlanishiga oid ilmiy natijalardan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida  foydalanilgan (O‘zR Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 27 avgustdagi 181/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash tufayli turkiy xalqlar mifologiyasi, fol`klori, badiiy tafakkurining romanchilik takomilidagi o‘rni, jahon so‘z san’atining milliy adabiyot taraqqiyotiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha nazariy umumlashmalar chiqarishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish