Gaybullaeva Yulduz Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek ayollarining milliy kiyimlari tarixi”, 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Tar11. 
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Alimova Yulduz Ergashevna, tarix fanlari doktori; Fatxullaev Ravshan Sa’dullaevich, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek ayollarining XIX–XX asrlardagi   liboslari va ularning o‘ziga xosligini, XIX asr oxiri – XX asrning birinchi yarmi iqtisodiy jarayonlar ta’sirida ayollar liboslaridagi o‘zgarishlar, sovet hokimiyati yillari ayollar libosidagi transformatsion jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xotin-qizlar an’anaviy liboslarining tabiiy-iqlimiy omillar ta’siri ostida uzoq asrlar mobaynida kontinental iqlimga moslashuvi bilan milliy liboslarning mahalliy nusxalari o‘lkaning o‘troq dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan joylarida to‘kilib turadigan kiyimlar, ko‘chmanchi yaylov chorvadorlarida yopishib turadigan kiyimlar vujudga kelganligi aniqlangan;
mahalliy aholining geografik joylashuvi, iqlim sharoitlari, asosan, dehqonchilik bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik hayoti tarzida tanani issiq tutuvchi mahalliy gazlamaga talab yuqori bo‘lganligi asoslangan;   
sovet mafkurasining milliy kiyinish madaniyatini kamsitishi an’anaviy liboslarga nisbatan bepisandlik ruhiyati o‘sishiga, ayollar libosining vazifasi o‘zgarib, qaddi-qomatga to‘liq bo‘ysunishga moslashganligi, libosga xos tarixiylik va ma’naviylik mazmunan yo‘qolganligi isbotlangan;
milliy liboslar, zardo‘zlik yo‘nalishi, paxtadan tayyorlangan gazlamalar, kashta, matolarga rang berishdagi tarixiy tajribani tiklagan holda zamonaviylik va milliylik mustaqillik yillari o‘zbek modasi shakllanishiga asos bo‘lganligi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
O‘zbek ayollari milliy kiyimlari tarixini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy xulosalar asosida:
xotin-qizlar an’anaviy liboslari tabiiy-iqlimiy omillar ta’siri ostida shakllanganligi, iqlimga moslashuv bilan keng va to‘kilib turadigan kiyim-bosh vujudga kelganligi, kiyimlarda ajdodlarning ko‘p asrlik an’anaviy va badiiy yaratuvchanlik g‘oyalari ifodalanganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “O‘zbekiston XVI–XIX asrlarda” bo‘limi ekspozisiyasini boyitishda va 2018 yil may-sentyabr` oylarida o‘tkazilgan “O‘zbekiston xalqining o‘lmas an’analari” mavzusidagi ko‘rgazmalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 4 dekabrdagi 3/1255-3173-son ma’lumotnomasi). Taqdim qilingan materiallar mamlakatimiz viloyatlarida urf bo‘lgan XIX–XX asrlarga oid milliy kiyim-kechaklarning asosiy xillari, shuningdek, matosi, bichimi, o‘ziga xos bezaklari haqida umumiy tasavvur va ma’lumot bergan, bu esa muzeyga tashrif buyuruvchilarning o‘zbek kiyimlari va ularning shakllanishi jarayonlari haqidagi tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
milliy liboslar, zardo‘zlik yo‘nalishi naqshlarining 50 dan ortiq turi, paxtadan tayyorlangan gazlamalar, kashta, matolarga rang berishdagi zamonaviylik va milliylik mustaqillik yillari o‘zbek modasi shakllanishiga oid bo‘lgan xulosalardan O‘zbekiston davlat san’at muzeyida o‘tkazilgan “Ipaklari tillodan – bezaklari serjilo” nomli ko‘rgazmada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 13 maydagi 01-12-03-2240-son ma’lumotnomasi). Bu muzeyga ham ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilarda Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent ayollarining milliy ustki, bosh, oyoq kiyimlari va taqinchoqlari, shuningdek, marosim kiyim-kechaklari haqidagi keng ma’lumotlar olishga imkon bergan;
milliy liboslar, zardo‘zlik yo‘nalishi paxtadan tayyorlangan gazlamalar, kashta, matolarga rang berishdagi tarixiy tajribani tiklagan holda zamonaviylik va milliylik mustaqillik yillari o‘zbek modasi shakllanishga asos bo‘lganligi; kashtachilik, zardo‘zlik, chevarchilik bilan shug‘ullanish uchun xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvatlash, bu borada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatni, oilaviy biznesni rivojlantirish masalalari haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5325-son Farmoniga muvofiq xotin-qizlarni bandligini ta’minlash, ular orasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 1 yarim yilligi uchun mo‘ljallangan ish rejasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 23 apreldagi 04/747-19-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan seminar treninglarda ishtirok etgan respublika viloyatlari xotin-qizlari orasida ayollar kiyimi tarixi, bugungi milliylikni o‘zida aks etgan o‘zbek modasi va uning ma’naviyatni yuksaltirish borasidagi o‘rni haqidagi qarashlarini yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish