Shakarov Zafar Gafforovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotda mehnat resurslari mobilligini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.10–Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt50.
Ilmiy rahbar: Zokirova Nodira Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.28.12.2017.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alijonov Utkirjon Maxamadalievich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mehnat resurslari mobilligini tartibga solishda mehnat bozorida muvofiqlashtirish mexanizmi va vositalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat resurslarining kasbiy, tarmoqlararo, mintaqaviy mobilliklarini tizimli tadqiq etishning konseptual modeli asosida mehnat munosabatlarini zamonaviy mehnat bozoriga moslashuvchan yangi masofaviy mehnat, frilans, autsorsing, autstaffing kabi mehnat shakllarini rivojlantirish taklif etilgan;
mehnat resurslari mobilligini tartibga solishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda hududlarda ish joylarining ijtimoiy-iqtisodiy jozibadorligini oshirish, yangi ish joyini tashkil etuvchi ish beruvchilarga davlat va nodavlat subsidiya hamda grantlar berish tizimini joriy etish taklif etilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat resurslarining kasbiy mobillik darajasini oshirishda jahon, respublika va hududlar miqyosida ishchi kuchini istiqbolli malakali ish o‘rinlarini taklif etuvchi zamonaviy ma’lumotlar bazasiga ega kompaniya va firmalar faoliyatini rivojlantirish asoslangan;
mehnat resurslari mobilligi va iqtisodiy faol aholi o‘rtasidagi bog‘lanish darajasining yuqoriligi isbotlangan holda mehnat resurslarini kasbiy va hududiy mobilligiga ta’sir etuvchi omillar asosida faol aholining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mehnat resurslari mobilligini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mehnat resurslarining kasbiy, tarmoqlararo, mintaqaviy mobilliklarini tizimli tadqiq etishning konseptual modeli asosida mehnat munosabatlarini zamonaviy mehnat bozoriga moslashuvchan yangi masofaviy mehnat, frilans, autsorsing, autstaffing kabi mehnat shakllarini rivojlantirish taklifidan “Mehnat kodeksi”ning yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 01/00-02/00-1275-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi mehnat resurslari mobilligini yanada oshirish, mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning mehnat faoliyatidan to‘laroq foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
mehnat resurslari mobilligini tartibga solishning samarali mexanizmlarini shakllantirishda hududlarda ish joylarining ijtimoiy-iqtisodiy jozibadorligini oshirish, yangi ish joyini tashkil etuvchi ish beruvchilarga davlat va nodavlat subsidiya hamda grantlar berish tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya va grantlar ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 01/00-02/00-1275-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida aholini ish bilan ta’minlash darajasini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
raqamli iqtisodiyot sharoitida mehnat resurslarining kasbiy mobillik darajasini oshirishda jahon, respublika va hududlar miqyosida ishchi kuchini istiqbolli malakali ish o‘rinlarini taklif etuvchi zamonaviy ma’lumotlar bazasiga ega kompaniya va firmalar faoliyatini rivojlantirish taklifi band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirishni tashkil etish bo‘yicha ma’lumotnomalarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 01/00-02/00-1275-son ma’lumotno-masi). Mazkur taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida mehnat resurslarini respublika hududida hamda xorijda o‘z kasblari bo‘yicha ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish, bandlik xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniya va firmalar tomonidan aholi bandligiga ko‘maklashishni tartibga solish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
mehnat resurslari mobilligi va iqtisodiy faol aholi o‘rtasidagi bog‘lanish darajasining yuqoriligi isbotlangan holda mehnat resurslarini kasbiy va hududiy mobilligiga ta’sir etuvchi omillar asosida faol aholining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlaridan mehnat bozori va mehnat migratsiyasining istiqboli bo‘yicha tahliliy ma’lumotnomalarni hamda xorijda ishlayotgan va yurtimizga qaytgan migrantlarni ijtimoiy himoyalash dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yil 18 fevraldagi 01/00-02/00-1275-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan foydalanish natijasida aholi bandligi darajasi va tarkibini yanada to‘liq baholash va aholining ish bilan bandlik darajasini oshirish, shuningdek, xorijda ishlayotgan va yurtimizga qaytgan migrantlarni ijtimoiy himoyalashga muayyan darajada xizmat qilgan.