Ramazonova Nargiza Abdirashidovna
falsafa doktorlik (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti», 12.00.09–Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Yu135.
Ilmiy rahbar: Pulatov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Shoxrud Farmonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan nazariy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘n sakkiz yoshga to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxslarga asosiy jazo sifatida majburiy jamoat ishlarini qo‘llash mumkinligi asoslangan;
majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga etmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanishi zarurligi asoslangan;
voyaga etmagan shaxslarga nisbatan tayinlanadigan majburiy jamoat ishlari voyaga etmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar etkazmasligi, o‘qish jarayonini buzmasligi lozimligi asoslab berilgan;
o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi zarurligi asoslangan;
ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga etmaganlar ustidan doimiy nazorat profilaktika inspektorlari tomonidan hokimlik, ta’lim sohasidagi hududiy davlat boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilishi zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
voyaga etmaganlarga nisbatan majburiy jamoat ishlari tariqasidagi jazoning qo‘llanilishi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 81-moddasiga kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 4 dekabrdagi 06/1-05/867j-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni qo‘llash orqali voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
majburiy jamoat ishlarining faqat mehnatga layoqatli voyaga etmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanishi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 821-moddasi kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 4 dekabrdagi 06/1-05/867j-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi voyaga etmaganlarga nisbatan majburiy jamoat ishlari tarzidagi jazoni qo‘llashning tartibini belgilashga xizmat qilgan;
majburiy jamoat ishlari voyaga etmaganlarning sog‘lig‘iga va ma’naviy jihatdan rivojlanishiga zarar etkazmasligi hamda o‘qish jarayonini buzmasligi lozimligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 821-moddasi dispozisiyasiga kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 4 dekabrdagi 06/1-05/867j-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning qabul qilinishi voyaga etmaganlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olishga xizmat qilgan;
o‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi haqidagi taklif Jinoyat kodeksining 821-moddasiga kiritilishida inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2018 yil 4 dekabrdagi 06/1-05/867j-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi ushbu turdagi jazoni o‘tashning tartibini belgilashga xizmat qiladi;
ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoga hukm qilingan voyaga etmaganlar ustidan doimiy nazorat profilaktika inspektorlari tomonidan hokimlik, ta’lim sohasidagi hududiy davlat boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshirilishi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2017 yil 27 iyuldagi 157-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaning 81-bandiga kiritilishida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamenti Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2018 yil 29 noyabrdagi
33/04-01/3417-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning qabul qilinishi voyaga etmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning oldini olish va profilaktika qilishga keng jamoatchilikni jalb etishga xizmat qilgan.