Umurova Go‘zal Xotamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zulfiya badiiy olami va poetik maktabi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Fil165.
Ilmiy maslahatchi: Hasanov Shavkat Ahadovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.27.06.2017.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Karimov Naim, filologiya fanlari doktori, akademik; Hamdamov Ulug‘bek, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi  tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Zulfiya badiiy olami va uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida yaxlit, tizimli tadqiqot yaratish hamda shoira she’rlarining tahlili orqali ijodkor olami, badiiy asar dunyosi va lirik qahramon tabiati, lirik xarakter shakllanishiga zamin yaratadigan manbalarning ahamiyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Zulfiya    badiiy uslubining an’anaviy tushunchalar tizimidagi o‘rni, nazariy poetikadagi mazmun, shakl, obraz kabi terminlar bilan o‘zaro munosabati dalillangan; 
“ijodkor badiiy olami” termini bilan tavsiflanadigan hodisaning mohiyati,  shoira badiiy olami to‘g‘risida yaxlit, tizimli konsepsiya, leytmotivlar tizimi aniqlangan; 
Zulfiyaning badiiy, ilmiy, publisistik, shaxsiy yozishmalariga yagona matn sifatida yondashilib, ijodiy portreti va estetik  qarashlaridagi uyg‘unlik asoslangan;
shoira lirikasida kuylangan adabiy mavzu va poetik g‘oyalar, an’anaviy motiv va she’riy turkumlar, Zulfiya poetik olamining rangin qirralari ochib berilgan; 
shoiraning o‘zbek she’riyatida ilk bor “Ayollar adabiyoti”ga asos solganligi, poetik maktab yaratganligi va uning bugungi she’riyat rivojiga  qo‘shgan hissasi asoslangan;
shoiraning ijodiy evolyusiyasida psixologik-ruhiy jarayonlarning, adabiy ta’sir va badiiy tarjimaning o‘rni, tarjimada talqin, tahlil va poetik idrok xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zulfiya badiiy olami va poetik maktabini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
xalq og‘zaki ijodi namunalari, mifologik obrazlar, urf-odatlar orqali milliy qadriyatlarimizni an’anaviy she’riyatda ifodalash kabi xulosalaridan XT-F2-004 raqamli “O‘zbek xalq pedagogikasi va fol`klor an’analari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 martdagi 89-03-1019-con ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi o‘zbek xalq dostonlari tarkibida uchraydigan mehr-muhabbat, sadoqat kabi tuyg‘ularning shoira Zulfiya ijodidagi talqinlarining mohiyatini yoritishga xizmat qilgan;
Zulfiya she’riyatining badiiy tili, uning iboralardan, badiiy tasviriy vositalardan foydalanish mahorati masalalari 2008-2011 yillarda bajarilgan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 apreldagi 89-03-1472-con ma’lumotnomasi). Natijada,  Zulfiya tarjimalarida o‘zbek tili lug‘at boyligining voqelanishi hamda bahor, sevgi, muhabbat, ayriliq, ayol, oila kabi leksimalarining qo‘llanilishi o‘z ifodasini topgan;
Shoira Zulfiya she’rlaridagi vafodorlik va sadoqat tuyg‘usini – insoniylikning bosh mezoni darajasiga ko‘tarishga oid xulosalaridan 2003–2007 yillarda bajarilgan 5.1.17 raqamli “Sharq mumtoz adabiyotida komil inson konsepsiyasi” fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 maydagi 89-03-1778 con ma’lumotnomasi). Natijada, Zulfiya ijodidagi vafo, sadoqat, mehr-oqibat kabi g‘oyalarning poetik ifodasi insonni ma’nan yuksaltiruvchi, komillik sari etaklovchi g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan she’riy asarlar mohiyati ochilgan;
Zulfiya she’riyatidagi qator motivlar, lirik qahramon qalbining makon va zamon, jonli va jonsiz mavjudotlar, inson va tabiat o‘rtasidagi turfa qirralarni namoyon qilgan jihatlar Tojikiston Respublikasi Akademik B.G‘afurov nomidagi Xujand davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakul`tetida 2015–2020 yillarga mo‘ljallangan “O‘zbek va tojik adabiy aloqalarini o‘rganish: an’ana, mahorat va yangilik masalalari” mavzusidagi istiqbol rejasida foydalanilgan (Tojikiston Respublikasi Akademik B.G‘afurov nomidagi Xujand davlat universitetining 2019 yil 28 avgustdagi 01/4382-son ma’lumotnomasi). Natijada, fakul`tetning “O‘zbek adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasidagi “XX asr adabiyoti” ixtisosligi fanini o‘qitishda tadqiqotdagi tahlilga tortilgan Zulfiya she’riyati va undagi o‘ziga xos jihatlar, obrazlar olami, motivlaar konsepsiyasi tahlil qilingan;
Zulfiya  she’riyatida mifologik obrazlarning qo‘llanilishi haqidagi xulosalardan F1-XT-0-19919 raqamli “O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 14 martdagi 89-03-1019-con ma’lumotnomasi). Natijada shoira she’riyatida ayriliqlarni, oradagi masofa va to‘siqlarni engishning asosiy shakli bo‘lib, lirik qahramonning yiroqdagilar bilan xayoliy suhbati kabilarni talaba yoshlarga asoslab berishga xizmat qilgan; 
Zulfiya badiiy olami va  poetik maktabi, uning bugungi kundagi ahamiyati xususida teletomoshabinlarga ma’lumotlar berish maqsadida dissertatsiya materiallaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda, shuningdek, viloyat radiosi orqali “Samarqand sadosi” dasturida foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 2019 yil 15 martdagi 09-01/117-son va 11 apreldagi 09-01/138-son ma’lumotnomalari). Natijada ko‘rsatuv va eshittiruv mazmun-mundarijasining ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda yangi manbalar bilan boyigan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish