Qalandarov Shuxratjon Shakirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek lingvomadaniy muhitida xalq maqollari evfemizatsiyasi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil.932.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02. 
Rasmiy opponentlar: Nabieva Diloro Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor; Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: o‘zbek xalq maqollarining evfemik qo‘llanishini lingvistik tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq maqollarida evfemik mazmun voqelanishini parema, ma’nodoshlik, vulgarizm, sintaktik qurilma kabi lisoniy hamda inson, ong, faoliyat, madaniyat kabi nolisoniy omillar ta’minlashi aniqlangan;
xalq maqollarining evfemizatsiyasida o‘xshashlik, badiiy tashbeh, metaforik ko‘chim, shaxsni tavsiflovchi metafora asos bo‘lib xizmat qilganligi isbotlangan; 
xalq maqollarining evfemiklik xususiyati asosida muallif va personajlar nutqining o‘zaro muomala jarayonidagi kognitiv asosi, verbal xususiyati hamda pragmatik darajasi asoslangan; 
maqollarning fikr ishonchlilik darajasini oshirish, badiiy niyat obrazliligini ta’minlash, ifodaning ta’sirchanlik kuchini yuksaltirish, o‘ziga xos tasvir usulini qo‘llash imkonini berish kabi xususiyatiga ko‘ra badiiy-estetik vazifasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek lingvomadaniy muhitida xalq maqollari evfemiziyasining o‘zaro munosabatini tadqiq etish asosida: 
xalq maqollarining evfemizatsiyasida o‘xshashlik, badiiy tashbeh, metaforik ko‘chim, shaxsni tavsiflovchi metafora asos bo‘lib xizmat qilganligiga oid xulosalardan “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari” fundamental ilmiy tadqiqot loyihasining lotin yozuvidagi ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” yo‘nalishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 1 maydagi 3/1255-1316-son ma’lumotnomasi). Natijada so‘zlarning leksikografik izohlari kengaygan, misollar bilan boyigan;
o‘zbek lingvomadaniy muhitiga aloqadaor “Xatga tushding – o‘tga tushding”, “Bir gul bilan bahor bo‘lmaydi”, “Ishi yo‘q it sug‘oradi” kabi ko‘plab evfemik mazmunli maqollardan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Til – millat ko‘zgusi”, ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 18 noyabrdagi 512-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabobligi ta’minlangan; 
evfemik mazmunli maqollar tarkibidagi leksemalarga oid xulosalaridan  “So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat. O‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati” innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 1 maydagi 3/1255-1316-son ma’lumotnomasi). Natijada evfemik mazmunli maqollar tarkibidagi enantiosemik so‘zlar ma’nosining izohlari mukammallashgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish