Ibragimov Javlon Yormatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilishning metodologik asoslari», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil486.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.30.05.2018. Fil.70.01. 
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tilning imkoniyat va voqelik mushtarakligi davr talabi ekanligi va u o‘zbek tilshunosligining hozirgi  holati bilan belgilanishi asoslangan;
til imkoniyatining nutqiy voqelanishi fonetik/leksik/grammatik hamda shaxsiy, makon-zamon omillari hamkorligi va yaxlitligidan iboratligi dalillangan;
dialektika va sinergetikaning qonun va kategoriyalari o‘zbek tilini imkoniyat-voqelik yaxlitligi,  ochiq sistema nazariyasi esa umumfan  metodologiyasi  ekanligi isbotlangan;
lisoniy imkoniyatning nutqiy voqelanishida tanlov qonuniyatining muqarrarligi, ma’lum vaziyat/sharoit uchun biror til birligini tanlashda ularning darajalanishiga tayanish zarurligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tilini substansial-pragmatik tadqiq qilishning metodologik asoslarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy asosida:
leksik, morfologik va sintaktik hodisalarda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi, derivatsion qoliplarning voqelanish masalalarini tadqiq qilishga oid xulosalardan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3841-son ma’lumotnomasi). Natijada derivatsion qoliplarning voqelanishida lisoniy va nolisoniy imkoniyatlarning ahamiyati muayyanlashgan;
til imkoniyatining nutqiy voqelanishi fonetik, leksik, grammatik hamkorligi va yaxlitligi ekanligiga  doir ilmiy xulosalardan FA-F1-G003 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 29 iyuldagi 117/1-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliy tatbig‘i tildan amaliy foydalanish samaradorligini oshirishda so‘z yasalishi hodisalarni aniqlash imkonini bergan;
o‘zbek tilini amaliy tadqiq qilish zarurati, o‘zbek tili tadqiqiga pragmatik yondashuvning  ona tilidan amaliy foydalanish samaradorligi omili ekanligi, o‘zbek substansial-pragmatizmining mohiyati haqida ma’lumot berishga doir tadqiqotda ilgari surilgan qarashlar va nazariy xulosalardan 2015-2017 yillarda bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyuldagi 89-03-3841-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tilidan amaliy foydalanish samaradorligini oshirishda substansial-pragmatizmning ahamiyati aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish