Abdullaeva Malika Maxmudjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan  fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning hamkorlik mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.Phd/Ped186.
Ilmiy rahbar: Musurmonova Aynisa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurmanov Abdunazar Teshabaevich,  pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning hamkorlik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning hamkorlik mexanizmlari innovatsion yondashuv adaptiv darajadan tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tish asosida takomillashtirilgan; 
iqtidor bilan bog‘liq motivatsion, yetakchi, ijodiy, kognitiv va individual xususiyatlarni aniqlash orqali kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning shaxslararo, guruhiy va jamoaviy yo‘naltirilgan edukologik integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmi takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning modeli maqsadli, mazmunga oid, operatsional va baholash bloklarini tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
milliy ta’lim tashabbusi sifatida fanlar kesimida iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash, ijodiy izlanuvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, madaniyat va sport hamda dasturchilar yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning hamkorlik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning hamkorlik mexanizmlari adaptiv darajadan tizimli modellashtirilgan darajaga o‘tish asosida takomillashtirilgan takliflardan RZ-2014-0906164153 raqamli “Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 16 oktyabrdagi 89-03-4040-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirishning hamkorlik mexanizmlari takomillashtirilgan; 
iqtidor bilan bog‘liq motivatsion, yetakchi, ijodiy, kognitiv va individual xususiyatlarni aniqlash orqali kreativ fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning shaxslararo, guruhiy va jamoaviy yo‘naltirilgan edukologik integratsion ta’sir ko‘rsatish mexanizmi takomillashtirilgan takliflardan Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019–2020 yillarda jalb etish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 06-10/4813-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab “Kichik akademiyasi”ning tasnifiy tuzilmasi ommalashtirilgan;
maqsadga qaratilganlik, mazmunga oid, operatsional va baholash bloklarini tizimlashtirish asosida ishlab chiqilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida iqtidorli bolalar ijodiy faoliyatini rivojlantirish modelidan YoA1-OT-1-11965 raqamli “O‘quvchilarning nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tizimini shakllantirish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 17 oktyabrdagi 89-03-4045-son ma’lumotnomasi). Natijada  maktab “Kichik akademiyasi”ning madaniyat va sport yo‘nalishi amaliyotga joriy etilgan;
milliy ta’lim tashabbusi sifatida ishlab chiqilgan fanlar kesimi bo‘yicha ijodiy izlanuvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, madaniyat va sport hamda dasturchi (loyihachi) yo‘nalishlaridan OT-A1-118 raqamli “O‘zbekiston Respublikasida ko‘p qirrali madaniy ta’lim muhitida o‘qitishning samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligining 2019 yil 16 oktyabrdagi 89-03-4039-son ma’lumotnomasi). Natijada, iqtidorli bolalarni erta aniqlash va ularning iqtidorini ruyobga chiqarish uchun Dasturning to‘rtta bosqichi (tashkiliy ishlar, tahlil va tashxislash, amalga oshirish, umumlashtirish va ommalashtirish) aniqlashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish