Xasanov Abray Allayarovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishning statistik tadqiqoti (Surxondaryo viloyati misolida)», 08.00.06–Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt414.
Ilmiy rahbar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xo‘jaqulov Xaitmurod Jovlievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishning statistik tahlilini takomillashtirish va ekonometrik modellarini tuzish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishni baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tendensiyalarining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi «aqlli ferma»lar va «raqamli poda» texnologiyasi, zooveterinariya xizmatlari infratuzilmasi hamda chorvachilik mahsulotlari samadorligi ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlarini tashkil etish mezoni tanlanma reprezentativlik, salmoq va o‘rtachalar, tanlanmadagi xatoliklar va ishonch intervallarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini etishtirish dinamikasining ARIMA modeli chorva mollari mahsuldorligini oshirishning optimal ratsion ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirilgan;
chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmi o‘sishining 2025 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli statistik prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishning statistik tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishni baholashning statistik ko‘rsatkichlar tizimini chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish tendensiyalarining o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi «aqlli ferma»lar va «raqamli poda» texnologiyasi, zooveterinariya xizmatlari infratuzilmasi hamda chorvachilik mahsulotlari samadorligi ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 30 oktyabrdagi 01/1-11-22-200-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi chorvachilik sohasida statistik axborotlarining aniqlilik darajasini 5–6 foizga oshirgan;
chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar faoliyatining tanlanma statistik kuzatuvlarini tashkil etish mezonini tanlanma reprezentativlik, salmoq va o‘rtachalar, tanlanmadagi xatoliklar va ishonch intervallarini hisobga olish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 30 oktyabrdagi 01/1-11-22-200-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi tanlanma to‘plamni shakllantirishda mexanik va tipik usullardan samarali foydalanish, bosh to‘plamga tarqatilayotgan axborotlarning ishonchliligi va shaffofligi ta’minlangan;
chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini etishtirish dinamikasining ARIMA modelini chorva mollari mahsuldorligini oshirishning optimal ratsion ko‘rsatkichlari asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 30 oktyabrdagi 01/1-11-22-200-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarishda axborot texnologiyalari va integral ko‘rsatkichlar tizimini qo‘llash imkonini yaratgan;
chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini ishlab chiqarish hajmi o‘sishining 2025 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli statistik prognozlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining Qishloq xo‘jaligi va ekologiya statistikasi boshqarmasi tomonidan qabul qilingan (Davlat statistika qo‘mitasining 2018 yil 30 oktyabrdagi 01/1-11-22-200-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari asosida Surxondaryo viloyatida chorvachilik mahsulotlari asosiy turlarini 2025 yilgacha ishlab chiqarishning prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.