Karabaev Sanjar Abdusamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyalar bozor qiymati va narxi ekvivalentligini ta’minlash yo‘llari», 08.00.07¬¬–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.Phd/Iqt214.
Ilmiy rahbar: Karimov Narboy Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, DSc.27.06.2017.16.03.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Numanova Barno Muxitdinovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston emitentlari aksiyalari bozor qiymatini baholash va ob’ektiv narxini shakllantirishga hamda aksiyalar qiymati va narxi ekvivalentligini ta’minlashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiya emitentlari va investorlarining maqsadi, faollik va risk darajasi hamda aksiyasining likvidligiga ko‘ra turli toifalarga tasniflash orqali korporativ emitentlarning transparentlik (informatsion shaffoflik) darajasini oshirish asoslangan;
aksiya qiymatini baholashda unga alohida substansiya sifatida yondashish orqali aksiyaning bozor narxi hamda uning baholash xizmatlari tomonidan belgilangan qiymati ekvivalentligini ta’minlash asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvi tuzilmasida ichki baholovchi va xolis investisiya maslahatchisi xizmatlarini kiritish asosida aksiya qiymatini baholashning xarajatlarga, daromadlarga va qiyosiy solishtirishga asoslangan yondashuv va usullari takomillashtirilgan;
O‘zbekiston sharoitida aksiyalar qiymatining baholanishi va narxi shakllanishi tendensiyalarini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish hamda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari qiymati va narxining o‘zaro ekvivalentlik darajasini baholash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyalar bozor qiymati va narxi ekvivalentligini ta’minlash yo‘llarini tadqiq etish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiya emitentlari va investorlarining maqsadi, faollik va risk darajasi hamda aksiyasining likvidligiga ko‘ra turli toifalarga tasniflash orqali korporativ emitentlarning transparentlik darajasini oshirish taklifidan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini tasniflash jarayonida foydalanilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 iyuldagi 03-23/4318-son va 2019 yil 27 sentyabrdagi 03-23/5633-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 98 ta korxonaning aksiyalari listingiga erishilgan;
aksiya qiymatini baholashda unga alohida substansiya sifatida yondashish orqali aksiyaning bozor narxi hamda uning baholash xizmatlari tomonidan belgilangan qiymati ekvivalentligini ta’minlash taklifi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 42 ta paxta tozalash korxonalari aksiyalari qiymatini baholash jarayonida qo‘llanilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 iyuldagi 03-23/4318-son va 2019 yil 27 sentyabrdagi 03-23/5633-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi aksiyalarning bozor qiymatini to‘g‘ri aniqlash imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvi tuzilmasida ichki baholovchi va xolis investisiya maslahatchisi xizmatlarini kiritish asosida aksiya qiymatini baholashning xarajatlarga, daromadlarga va qiyosiy solishtirishga asoslangan yondashuv va usullaridan “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 42 ta paxta tozalash korxonasi va 144 ta paxta qabul qilish maskanlari aksiyalari qiymatini baholashda foydalanilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 17 iyuldagi 03-23/4318-son va 2019 yil 27 sentyabrdagi 03-23/5633-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 1255 mlrd. so‘mlik aksiya qiymatini baholashga erishilgan;
O‘zbekiston sharoitida aksiyalar qiymatining baholanishi va narxi shakllanishi tendensiyalarini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish hamda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari qiymati va narxining o‘zaro ekvivalentlik darajasini baholash uslubidan foydalanish taklifi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi 42 ta paxta tozalash korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 27 sentyabrdagi 03-23/5633-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarining 821 mlrd. so‘mlik aksiyalari qiymati va narxining o‘zaro ekvivalentligini ta’minlashga erishilgan.