Axmedova Nazira Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘zbek badiiy madaniyatiga qiziqishlarini rivojlantirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped334.
Ilmiy rahbar: Annamuratova Svetlana Karimovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuzlikaev Farit Rafaelovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarning o‘zbek badiiy madaniyatiga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarning o‘zbek badiiy madaniyatiga qiziqishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuni umuminsoniy xarakterdagi badiiy qadriyatlarni tasnifi (tarixiy ahamiyati, dolzarbligi, g‘oyaviy va badiiy ifodasi, ta’sir kuchi, estetik qiymati)ni belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘zbek badiiy madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shakllari (tarixiy-axborotli, muloqotli, munozara, ekskursiya, illyustrativ) pedagogika fanini o‘qitish jarayonlarida bilish faoliyatining motivatsion, intellektual-ijodiy, badiiy-estetik va tahliliy o‘quv komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
talabalarning kommunikativ faoliyatini rivojlantirish bosqichlari badiiy qadriyatlarni o‘rganish mezonlari (bilish, badiiy idrok etish, ifodalash, ijtimoiylashuv) mazmuni didaktik tamoyillar asosida aniqlashtirilgan;
o‘zbek badiiy madaniyatiga qiziqish darajasini oshirish va uni baholashga oid ilmiy-metodik ta’minot “O‘zbekistoning badiiy qadriyatlari” nomli o‘quv moduliga tasviriy va badiiy, tele-kino materiallarini joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining o‘zbek badiiy madaniyatiga qiziqishlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning o‘zbek badiiy madaniyatiga qiziqishlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmunini takomillashtirish, umuminsoniy xarakterdagi badiiy qadriyatlarning tasnifini belgilashga oid takliflardan ID-8-24 raqamli “Akademik lisey va kasb-hunar ta’limi faoliyati boshqaruvini takomillashtirish” (2009–2010 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 avgustdagi 89-03-3011-son hamda 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3848-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarining badiiy qadriyatlarini rivojlantirish asosida mashg‘ulotlar sifatini oshirishga xizmat qilgan;
o‘zbek badiiy madaniyatiga bo‘lgan qiziqishni shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shakllari, bilish faoliyatining motivatsion, intellektual-ijodiy, badiiy-estetik va tahliliy o‘quv komponentlariga oid takliflari «O‘zbekistonning badiiy qadriyatlari» (arxitektura yodgorliklari va tasviriy san’at) o‘quv ta’minot mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 avgustdagi 89-03-3011-son hamda 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3848-son ma’lumotnomalari). Ushbu takliflar O‘zbekiston badiiy madaniyatini rivojlantirishda O‘zbekistonning badiiy qadriyatlariga qiziqishni ahamiyati ta’kidlanadi va buning natijasida gumanitar fanlar o‘qituvchisi shaxsini takomillashtirishga alohida imkon yaratgan;
talabalarning kommunikativ faoliyatini rivojlantirish bosqichlari, badiiy qadriyatlarni o‘rganish mezonlari mazmuni, o‘zbek badiiy madaniyatiga qiziqish darajasini oshirish va uni baholashga oid takliflari A1-KX-1-60888 raqamli “Ta’lim maktabining o‘quvchilariga zamonaviy sharoitda asosiy shaxsiy fazilatlar sifatida o‘z-o‘zini anglash qobiliyatlarini shakllantirish strategiyasi” (2012–2014 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 avgustdagi 89-03-3011-son hamda 2019 yil 10 oktyabrdagi 89-03-3848-son ma’lumotnomalari). Mazkur loyiha doirasida pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalarining O‘zbekistonning badiiy madaniyati, me’moriy meros va tasviriy san’atiga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.