Islamova Risolat Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Erkin iqtisodiy zonali hududlarda ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Iqt324.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01.
Rasmiy opponentlar: Murodova Nodira Qullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hamidov Obidjon Hafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erkin iqtisodiy zonali hududlarda ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyatida ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida ekoturistik ob’ektlarni ekzotik zonalar va sarguzashtli turizm, madaniy va ijtimoiy qadriyatlar turizmi, rekreatsion va agroturizm yo‘nalishlari hisobidan kengaytirilishi asoslangan;
erkin iqtisodiy zonali hududda ekoturizmga ta’sir qiluvchi turizmda bandlik bilan bog‘liq omillar ta’sirini iqtisodiy tahlilning an’anaviy metodi va mul`tiplikativ modelini qo‘llab aniqlash usuli takomillashtirilgan;
ekoturizmda turistlar oqimining kamligi va turistik ob’ektlarning kommunal xizmatlardan uzoqligini inobatga olib, turistlarni joylashtirish uchun muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda «Mehmon uylari»ni tashkil etish asoslangan;
Navoiy viloyatida ekologik turizmni strategik rivojlantirishning 2019–2022 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erkin iqtisodiy zonali hududlarda ekologik turizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy viloyatida ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida ekoturistik ob’ektlarni ekzotik zonalar va sarguzashtli turizm, madaniy va ijtimoiy qadriyatlar turizmi, rekreatsion va agroturizm yo‘nalishlari hisobidan kengaytirilishiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 21 maydagi 01-05-428-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi Navoiy viloyatida ekoturistik ob’ektlarni diversifikatsiya qilish va ulardan ekologik turizmni rivojlantirishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
erkin iqtisodiy zonali hududda ekoturizmga ta’sir qiluvchi turizmda bandlik bilan bog‘liq omillar ta’sirini iqtisodiy tahlilning an’anaviy metodi va mul`tiplikativ modelidan foydalangan holda aniqlash usuli O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 21 maydagi 01-05-428-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi ekoturistlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq ichki imkoniyatlar aniqlangan va ulardan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
ekoturizmda turistlar oqimining kamligi va turistik ob’ektlarning kommunal xizmatlardan uzoqligini inobatga olib, turistlarni joylashtirish uchun muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda «Mehmon uylari»ni tashkil etish bo‘yicha asoslangan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 21 maydagi 01-05-428-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyaning amaliyotga joriy qilinishi ekoturistlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan ichki imkoniyatlardan foydalanish yo‘llariga aniqlik kiritilgan;
Navoiy viloyatida ekologik turizmni rivojlantirishning 2019–2022 yillarga mo‘ljallangan ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi faoliyatida foydalanish uchun qabul qilingan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining 2019 yil 21 maydagi 01-05-428-son ma’lumotnomasi). Prognoz ko‘rsatkichining 2019–2022 yilda Navoiy viloyatiga tashrif buyuruvchi ekoturistlar soni 46 foizga oshirilishi aniqlangan. Ushbu tavsiya sohada turizm infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilagan.