Tursunov Bobir Ortikmirzaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxona faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish (to‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish quvvatlari misolida)», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt400.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Nuritdin Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zoxidov Azamat Axmadjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini intensiv oshirish bo‘yicha optimal strategik qarorlarni tanlash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni boshqarish samaradorligini sifat va miqdoriy usullar orqali kompleks baholash mezoni jami texnik jihozlar umumiy samaradorligi ko‘rsatkichlari (Overall Equipment Effectiveness)ni hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning funksional modeli dastgohlarga texnik xizmat ko‘rsatishning tizimli yondashuvi (Total productive maintance) va tejamkor ishlab chiqarish (Lean production) konsepsiyasining «5S» (sort, set in order, shine, standardize, sustain) tamoyillarini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan;
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligining 2019–2025 yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Korxonalar faoliyatini boshqarishni takomillashtirishda ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini intensiv oshirish bo‘yicha optimal strategik qarorlarni tanlash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 3 iyundagi 04/06-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada «Mega tekstil`» xorijiy korxonasida ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini 5,8 foizga, «Namangan to‘qimachi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 7,4 foizga va «MRT tekstil`» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasida esa 6,0 foizga oshirishga erishilgan;
to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni boshqarish samaradorligini sifat va miqdoriy usullar orqali kompleks baholash mezonini jami texnik jihozlar umumiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisobga olish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini baholashda foydalanilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 3 iyundagi 04/06-2579-son ma’lumotnomasi). Natijada «Mega tekstil`» xorijiy korxonasi, «Namangan to‘qimachi» mas’uliyati cheklangan jamiyati va «MRT tekstil`» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligi baholangan;
to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning funksional modelini dastgohlarga texnik xizmat ko‘rsatishning tizimli yondashuvi va tejamkor ishlab chiqarish konsepsiyasining «5S» tamoyillarini tatbiq etish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarning boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 3 iyundagi 04/06-2579-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ishchilarning mehnat unumdorligini 2018 yilda 2017 yilga nisbatan mos ravishda: «Mega tekstil`» xorijiy korxonasida 6,0 foizga, «Namangan to‘qimachi» mas’uliyati cheklangan jamiyatida 5,5 foizga va «MRT tekstil`» mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxonasida esa 5,0 foizga oshirishga imkoniyat yaratgan;
«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning 2020–2025 yillar uchun ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi faoliyatini strategik rivojlantirish amaliyotiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2019 yil 3 iyundagi 04/06-2579-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari asosida 2020–2025 yillar uchun «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi to‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish strategiyasi ishlab chiqilgan.