Kambarova Saodat Irkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped61. 
Ilmiy rahbar: Matchanov Sapa, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Eshchanova Gulnora  Narimanovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish texnologiyasiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilish jarayoni omillarining (maqsad, vosita, natija, ijtimoiylik) o‘quvchilar kitobxonligini rivojlantirishga ta’siri badiiy asar tahlilining pedagogik-psixologik xususiyatlarini (ehtiyoj, qiziqish, ibrat olish bilan bog‘liq ma’naviy-estetik tarbiyaga yo‘naltirilganlik) ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish bosqichlari tashkiliy-metodik (kitob targ‘iboti, reklama, so‘rovnoma, oylik xabarnoma, maktab va oila hamkorligidagi aloqa daftari) va didaktik (mutolaa kurslari dasturi, adabiyot, ko‘rgazma) ta’minotdan foydalanish integratsiyasiga (ketma-ketlik, bog‘liqlik, to‘ldirish) amal qilish asosida takomilashtirilgan;
o‘quvchilarning kitobxonlik darajasini oshirish yondashuvlari shaxs va ijodkorlik faoliyatini o‘rganish tarkibi (portfolio, assisment, kakografiya, ijodiy topshiriqlar) hamda matn tahlili elementlarini (empatiya, ilmiy faraz, ramziy ko‘rish, o‘ylab topish, agglyutinatsiya) kiritish asosida takomillashtirilgan;
mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirishga oid ilmiy-metodik ta’minot sinfdan tashqari (virtual laboratoriya, panoramik tasvir, vebsayohat) va fakul`tativ (vebinar, ijodiy uchrashuv) mashg‘ulotlarni texnologiyalashtirish va loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
badiiy asar tahliliga doir zamonaviy yondashuvlarning bilish jarayoniga ta’siri, o‘quvchilar kitobxonligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillariga oid takliflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-193-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quv dasturlari mazmuni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, adabiy ta’lim uzviyligi va uzluksizligi, mavzu va janriy xilma-xillik tamoyillari, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari asosida shakllantirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘quvchilarning mustaqil mutolaa madaniyatini shakllantirish bosqichlarini takomillashtirish, tashkiliy-metodik va didaktik ta’minot integratsiyasiga oid takliflardan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 3 iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari talablari asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlarini tasdiqlash va amaliyotga joriy etish to‘g‘risida”gi 190-son buyrug‘ini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-193-son ma’lumotnomasi). Mazkur hujjat “O‘qish” va “O‘zbek adabiyoti” fani o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘quvchilarning adabiy-nazariy tushunchalarni o‘zlashtirish, adabiy qahramonlarni tavsiflash, savol-topshiriqlar ustida ishlash hamda darsliklardan foydalanish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning kitobxonlik darajasini oshirish mazmuni, ijodkor shaxsi va faoliyatini o‘rganish hamda matn tahlili elementlarini maqbul qo‘llash, ilmiy-metodik ta’minotni takomillashtirish, sinfdan tashqari  va fakul`tativ mashg‘ulotlarni texnologiyalashtirish va loyihalashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida 2012–2014 yillarda bajarilgan ITD-1-07 raqamli “Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua va ularning elektron nusxalarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda  foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2019 yil 19 sentyabrdagi 89-03-3577-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida adabiy ta’lim jarayonida mustaqil o‘qish, fakul`tativ mashg‘ulotlar va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish