Alieva Maxbuba Toychievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida turizm xizmatlari sohasini boshqarishning iqtisodiy jihatlari (O‘zbekiston Respublikasi misolida)”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti, 08.00.13–Menejment ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt198.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunxadjaev Marat Lutfullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alimova Mashxura Toirxonovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida turizm xizmatlar sohasini boshqarishning iqtisodiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha  taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizm xizmatlari sohasini boshqarish milliy turistik resurslar salohiyatidan kompleks foydalanish, hududlarda turistik industriyani innovatsion rivojlantirishga imkon yaratuvchi vertikal integratsiyalashning muvozanatlashgan strategiyasini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
mahalliy turistik kompaniyalarida yagona boshqaruv sifati (Total Quality Management)ni xizmat ko‘rsatishning sifat nazorati, mutaxassislarning malakasi va iste’molchining qoniqish darajasini “tutash nuqta”sifatida belgilash orqali takomillashtirilgan;
mamlakat va hududlarning resurs salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlarini baholovchi turistik kompaniyalar sof foydasi, jalb etilgan investisiyalar samaradorligi, foydaning ichki me’yori ko‘rsatkichlari turizm xizmatlari sohasini boshqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarini integrallash asosida  takomillashtirilgan;
Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida turistik xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, rag‘batlantirish va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan menejment strategiyasi milliy turistik markazlari faoliyati va turistik oqimlarni koordinatsiyalash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
turizm sohasini strategik rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda reprezentativ tanlama kuzatuv ma’lumotlariga asoslangan regression modellar yordamida 2021 yilga qadar O‘zbekistonda turistik xizmatlar sohasi rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm xizmatlari sohasini boshqarishning iqtisodiy jihatlarini qo‘llash yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida: 
turizm xizmatlari sohasini boshqarish milliy turistik resurslar salohiyatidan kompleks foydalanish, hududlarda turistik industriyani innovatsion rivojlantirishga imkon yaratuvchi vertikal integratsiyalashning muvozanatlashgan strategiyasini qo‘llash asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 fevraldagi 05-22/727-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi qo‘mita tasarrufidagi turistik korxonalarda resurslar salohiyatidan kompleks foydalanish, turistik markazlarning faoliyatini kengaytirish hamda turizm xizmatlari bozorini takomillashtirishga xizmat qilgan;
mahalliy turistik kompaniyalarida yagona boshqaruv sifati (Total Quality Management)ni xizmat ko‘rsatishning sifat nazorati, mutaxassislarning malakasi va iste’molchining qoniqish darajasini “tutash nuqta” sifatida belgilash orqali takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 fevraldagi 05-22/727-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi boshqaruvning samaradorligini oshirish, asosiy ko‘rsatkichlarini tizimlashtirish, rag‘batlantirish tamoyillarini takomillashuv imkonini  bergan; 
mamlakat va hududlarning resurs salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatlarini baholovchi turistik kompaniyalar sof foydasi, jalb etilgan investisiyalar samaradorligi, foydaning ichki me’yori ko‘rsatkichlari turizm xizmatlari sohasini boshqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarini integrallash asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 fevraldagi 05-22/727-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi qo‘mita tasarrufidagi turistik korxonalarda mintaqalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda, turizm sohasi bo‘yicha samarali qarorlar qabul qilish imkoniyatlarini 10,0 foizga kengaytirgan;
Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida turistik xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, rag‘batlantirish va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan menejment strategiyasi milliy turistik markazlari faoliyati va turistik oqimlarni koordinatsiyalash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini ta’minlash asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 fevraldagi 05-22/727-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar turizm markazlarini optimallashtirish va turistik oqimlarni koordinatsiyalash, boshqarishda qarorlarni bajarishning “Yo‘l xaritasini” tuzishda foydalanilgan;
turizm sohasini strategik rivojlantirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda reprezentativ tanlama kuzatuv ma’lumotlariga asoslangan regression modellar yordamida ishlab chiqilgan 2021 yilga qadar O‘zbekistonda turistik xizmatlar sohasi rivojlanishining prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 1 fevraldagi 05-22/727-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish natijasida respublika iqtisodiyotida turistik xizmatlar ko‘rsatish salmog‘ini oshirish, turizmning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish, tarmoqning iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish