Berdiev Bektash Oxnorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari», 23.00.02–Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ss31.
Ilmiy rahbar: Paxrutdinov Shukritdin Il`yasovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.S.01.08.
Rasmiy opponentlar: Muhammadsiddiqov Muhammodolim Muhammadroziq o‘g‘li, siyosiy fanlar doktori, dotsent; Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston jamiyati siyosiy hayotini modernizatsiyalash jarayonlarining qonuniyatlari, uning ustuvor yo‘nalishlari, xarakteri, dinamikasi doirasida uni yanada rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarining samaradorligini baholash va siyosiy institutlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash uchun o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda NNTlar (jamoatchilik nazorati sub’ektlari) faoliyatini jadal rivojlantirish asosiy omil ekanligi asoslangan;
O‘zbekistonda siyosiy islohotlar bilan bog‘liq siyosiy modernizatsiya jarayonlarining sharqona tabiati, o‘ziga xosliklari va to‘rt asosiy davriy bosqichlari (1991–1995 yillar, 1996–1999 yillar, 2001–2005 yillar, 2006–2015 yillar, 2016–2019 yillar) aniqlashtirilgan hamda har bir bosqichning demokratik talablarga mos keluvchi ijtimoiy-siyosiy xususiyatlari ochib berilgan;
mamlakatda siyosiy modernizatsiya jarayonining demokratik xarakterini ko‘rsatadigan (hokimiyatlarning bo‘linishi, ko‘ppartiyaviylik, demokratik saylovlar, demokratik institutlar kabi) tizimning shakllanganligi, shuningdek, jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta’minlashning o‘ziga xos qonuniyatlari (obro‘li yetakchi, professional kadrlar, fuqarolik institutlari, siyosiy mas’uliyat) mavjud ekanligi asoslab berilgan;
jamiyatda demokratlashtirish va siyosiy modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirishning jadal institusional, siyosiy madaniy, mafkuraviy, permanent tashqi ta’sir, tabiiy, insoniy resurslar va ijtimoiy-siyosiy jihatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda siyosiy modernizatsiya jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari doirasida ishlab chiqilgan ilmiy-nazariy xulosa va takliflar asosida:
mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarining samaradorligini baholash, siyosiy institutlar faoliyatining ochiqligini ta’minlash uchun o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda NNTlar faoliyatini rivojlantirishga oid xulosalardan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatida foydalanilgan (Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining 2019 yil 13 maydagi 01/799-son ma’lumotnomasi). Natijada Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti faoliyatining yanada rivojlanishiga, institutda tashkil qilingan o‘quv kurslari, seminarlarning ilmiy saviyasini oshirishga hamda ilmiy-amaliy materiallar tayyorlashga katta hissa qo‘shgan;
demokratik boshqaruv prinsiplardan kelib chiqib, siyosiy modernizatsiya jarayonlarining amalga oshirilishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar va ularning dinamik rivojlanish qonuniyatlari mavjud ekanligiga oid taklif va tavsiyalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasining 2019 yil 12 sentyabrdagi 10-2A/711-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif va tavsiyalarning O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatiga joriy etilishi uning saylovga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq jarayonlarning jonlanishiga katta hissa qo‘shgan;
mamlakatda demokratlashtirish va siyosiy modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirishning ijtimoiy-pozitiv jihatlari bilan bog‘liq taklif va amaliy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2018 yil 7 iyundagi 03-13/1977-son, Madaniyat vazirligining 2019 yil 11 yanvardagi 01-12-03-137-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi», O‘zbekiston Respublikasida «Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5185-sonli Farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosida, shuningdek, vazirliklar tomonidan olib borgan targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishda vazirlik tizimida tashkil qilingan o‘quv kurslari, seminarlarning ilmiy samarasini oshirishda hamda targ‘ibot materiallar tayyorlashga va «Yo‘l xarita»larini ishlab chiqishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
O‘zbekistonda siyosiy islohotlar bilan bog‘liq siyosiy modernizatsiya jarayonlarining tabiati, o‘ziga xosliklari va davriy bosqichlari aniqlashtirilgan hamda har bir bosqichning spesifik xususiyatlariga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Yoshlar» va «O‘zbekiston 24» kanallarida «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi»dan kelib chiqadigan vazifalar ijrosida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasini targ‘ib qilishda, ekspert sifatida berilgan interv`yusidan, vazirlik tomonidan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda olib borgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2018 yil 24 maydagi 02-15/1919-son ma’lumotnomasi). Mazkur xulosa va takliflar O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida siyosiy va ommabop ko‘rsatuvlar tayyorlash va ularning ilmiy asosini boyitishga xizmat qilgan.