Sherov Sanjar Radjabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta instituti va uni innovatsion  rivojlantirish yo‘nalishlari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt729.  
Ilmiy rahbar: Karimova Komila Daniyarovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Dilshodjon Alidjonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sug‘urta institutini innovatsion rivojlantirish yo‘nalishlari tadqiqi asosida ushbu faoliyatni takomillashtirish yuzasidan aniq taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
barcha majburiy sug‘urta turlariga yagona talabni belgilash hamda majburiy sug‘urtalanadigan faoliyatda sug‘urta xizmatlarini kengaytirish asosida  sug‘urta instituti moliyaviy barqarorligini oshirish asoslangan;
sug‘urta institutlari faoliyatida sug‘urta qildiruvchi oldidagi o‘z majburiyatini bajara olmaganda, ularni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi taklif etilgan;
aholi o‘rtasida sug‘urta bozorini kengaytirishda transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan sug‘urta to‘lovlarini to‘lab berish uslubi soddalashtirilgan;
interaktiv sug‘urta xizmatlarini joriy etish asosida sug‘urta institutini innovatsion rivojlantirish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda sug‘urta instituti faoliyatini innovatsion rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
sug‘urta instituti faoliyatini kengaytirish va moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan, xususan, barcha majburiy sug‘urta turlarini yagona hujjatga mujassamlashtirish va majburiy sug‘urtalanadigan faoliyat turlarini kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 iyundagi DS/03-02-32/3186-son  ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijasida sug‘urtalanadigan faoliyat turlarini kengaytirish orqali iqtisodiyotga qo‘shimcha 100,0 mlrd. so‘m atrofida jamg‘arma shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
sug‘urta institutlarining moliyaviy barqarorligini oshirish uchun davlat tomonidan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 iyundagi 477-son  qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 iyundagi DS/03-02-32/3186-son  ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif asosida davlat tomonidan  “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi ustav fondini mustahkamlash uchun 73 mlrd. so‘m mablag‘ ajratib berilgan hamda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi ustav fondi 221,6 mlrd. so‘mga oshirilgan;
aholi o‘rtasida sug‘urta bozorini kengaytirish maqsadida transport egalarining majburiy sug‘urtalash tizimi mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni kafolatlashni kuchaytirishga daxldor takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 martdagi 222-sonli qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 iyundagi DS/03-02-32/3186-son  ma’lumotnomasi). Mazkur taklif majburiy sug‘urtalash mablag‘lari hisobidan to‘lovlarni kafolatlash tizimini kuchaytirishga xizmat qilgan;
sug‘urta institutlarining innovatsion rivojlanishiga yo‘naltirilgan interaktiv, shu jumladan onlayn sug‘urta xizmatlarini kengaytirish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 30 iyundagi DS/03-02-32/3186-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif joriy etilishi onlayn sug‘urta xizmatlarini kengaytirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish