Qoraev Samaridin Barakaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped384.
Ilmiy rahbar: Muxamedov Gofurjon Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ysinov Odiljon Almuratovich, pedagogika  fanlari doktori; Maxmudova Dilfuza Melievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash mexanizmlari (amaliyot rahbari, uslubchisi va pedagog muhandislarning funksiyalari) texnologik va kasbiy-psixologik tayyorgarlikning uzviy aloqadorligi (kasbga yo‘naltirishda his-tuyg‘ulari va ijodkorlik qobiliyatini shakllantirish) asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojidan kelib chiqib, mashg‘ulotlarga yangi turdagi kasblarni kiritish orqali to‘ldirish zarurligi asoslab berilgan; 
o‘quvchilarning kasbni o‘zlashtirish motivatsiyasi, moslashuvchanligi, kar’erasi uchun ma’lumotga ega bo‘lish kabi kasbiy sifatlari tashkilot va korxona mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan ko‘rgazmali dars, ishlab chiqarish jarayonini kuzatish, amaliy mashg‘ulotlarni korxonada tashkil etish asosida takomillashtirilgan; 
o‘qituvchilarning kasbiy qobiliyati, kasbiy mahorati va kasbiy kompetentligi (mustaqil ishlar, ustoz-shogird an’analari)ni sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish orqali o‘quvchilarning kasb-hunarga doir bilim va ko‘nikmalari takomillashtirilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlashda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ehtiyojidan kelib chiqib yangi turdagi kasblarni bilan to‘ldirish, o‘qituvchilarning kasbiy qobiliyati, kasbiy mahorati va kasbiy kompetentligini sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida rivojlantirish orqali o‘quvchilarning kasb-hunarga doir bilim va ko‘nikmalari takomillashtirish to‘g‘risidagi takliflar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 89-03-3130-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliyotchi-o‘qituvchilarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish bo‘yicha uslubiy ta’minotning takomillashishiga erishilgan;
o‘quv jarayonini takomillashtirishga doir takliflar IOT-2013-1-19 raqamli «Respublika iqtisodiy tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini etuk va kasbiy ko‘nikmaga ega kadrlar bilan ta’minlanishida kasb-hunar kollejlarida amaliyotlarni tashkil etilishining ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyihasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 21 avgustdagi 89-03-3130-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayoni takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarni kasb-hunarga tayyorlash jarayoni samaradorligini oshirishga oid tavsiyalar “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va boshqarishga zamonaviy yondashuvlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 9 noyabrdagi 04-04/2-1831-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasbga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligini oshishi va uslubiy ta’minotining takomillashishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish