Djamilova Nargiza Nuritdinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Ped1.
Ilmiy maslahatchi: Rashidov Xikmatilla Fatxullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ismailova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldashev Maksud Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning umumiy, maxsus va shaxsiy-individual xususiyatlari kadrlar tayyorlash sifat darajasiga bo‘lgan talablarni intensiv ta’sir darajasiga ustuvorlik berish, ijtimoiy buyurtma va malaka talablarining o‘zaro kooperativ uyg‘unligini ijtimoiy tashabbuskorlik bilan bevosita aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning integrativ modeli enerjayzer texnologiyalariga (ijtimoiy-psixologik treninglar, ishbop o‘yinlar, sotsiodrama) asoslangan ijodiy, mustaqil faoliyatni tashkil etishning imitatsion (kontekstli-o‘yinli vaziyatlar) usullarini qo‘llashning pedagogik shartlarini joriy etish orqali takomillashtirilgan;
tashabbuskorlikni rivojlantirish diagnostik apparatining instrumental, mazmunli (motivatsion, kognitiv va produktiv), refleksiv-baholovchi komponentlari talabalarning kommunikativligi, ijtimoiy ta’sirchanligi, moyilligi hamda talabchanlik va tanqidiy darajalari bo‘yicha psixologik testlarni mental moslashtirish orqali korrelyasiyalash asosida takomillashtirilgan;
tashabbuskorlikni rivojlantirishning sinergetik, germenevtik, blender texnologiyalari talabalarning auditoriyadan tashqari ijtimoiy loyihalardagi volonterlik faoliyati darajasini belgilovchi pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari maxsus tashkil etilgan norasmiy ta’lim va nodavlat tashkilotlar bilan kolloborativ hamkorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
talabalar tashabbuskorlik faoliyatining fasilitativ mexanizmini muloqotning munozaraga asoslangan shakli, rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, tashabbuskorlikning namoyon bo‘lishini internal va eksternal darajalari bilan optimallashtirish bo‘yicha istiqbolli-amaliy yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarida tashabbuskorlikni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning umumiy, maxsus va shaxsiy-individual xususiyatlarini aniqlashtirish hamda uzviylik va uzluksizlik tamoyillari asosida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning integrativ modelining milliy, intellektual, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy, akmeologik komponentlariga doir takliflar pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5111800 – Maktabgacha ta’lim bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha Davlat ta’lim standarti hamda “Maktabgacha ta’limni tashkil etish va rahbarning tashkilotchilik madaniyati” fani (“O‘zstandart” agentligining 2014 yil 20 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan, davlat qayd raqami №36.1360) mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3203-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish samaradorligini oshirishga xizmat iilgan;
talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning diagnostik apparatini takomillashtirish, oilada bolalarda mustaqillik, intizomlilik, tashabbuskorlik, kreativlik sifatlarini qaror toptirish, hamda talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy-korreksion komponentlarni takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’lim”, “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun yaratilgan “Oila pedagogikasi” (№137-001-2007) darsligi mazmunida o‘z aksini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3203-son ma’lumotnomasi). Natijada oila va ta’lim muassasalari hamkorligida talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishga doir ota-onalarning pedagogik madaniyati va bo‘lajak pedagoglarni tashkilotchilik faoliyatiga tayyorlash samaradorligi oshgan;
talabalarda kreativlik, kommunikativlik, intizomlilik, aniq maqsadga yo‘nalganlik kabi sifatlarni rivojlantirish uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash asosida tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari «O’ZBEKISTON» teleradiokanalining «Ko‘ngilochar va musiqiy eshittirishlar» dasturiga tatbiq etilgan («O’ZBEKISTON» teleradiokanali» davlat unitar korxonasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 04-25-2082-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirishning pedagogik mexanizmlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
talabalarda tashabbuskorlikni rivojlantirish texnologiyalarining maqsadga yo‘naltirilgan va tashkiliy-korreksion komponentlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3203-son ma’lumotnomasi). Natijada umumpedagogik texnologiyalarni takomillashtirishga xizmat qilgan.