Sultonova Nodira Ergashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Do‘stlik va mehr-muhabbatning ijtimoiy-antropologik xususiyatlari (ijtimoiy falsafiy tahlil)”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fal172.
Ilmiy rahbar: Xuseynova Abira Amonovna, falsafa fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Agzamxodjaeva Saida Sabitxanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Xosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: “do‘stlik” va “mehr-muhabbat” kabi ijtimoiy tuyg‘ularning genezisi va uning antropologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.

 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
    «do‘stlik» va «mehr-muhabbat» tuyg‘ularining ijtimoiy, antropologik mazmun-mohiyati va ko‘rinishlarini (gedonistik, egoistik, al`truistik va etnik) tasniflash orqali ularning ijtimoiy muhit ta’sirida uyushtiruvchi, etaklovchi, ergashtiruvchi va ilhomlantiruvchi pozitiv kuchga aylanishi asoslab berilgan;
    tarixiy manbalarda keltirilgan «do‘stlik» va «mehr-muhabbat» tuyg‘ularining genezisiga oid ijtimoiy-antropologik (filantropik, estetik, filokratik, ijtimoiy-axloqiy tarbiya) funksiyalari demokratik jamiyat ijtimoiy ehtiyojlariga (hamjihatlik, adolat, totuvlik, hamkorlik, birdamlik, barqarorlik, sadoqat, bag‘rikenglik) adekvat ekanligi asoslangan;
mustahkam oilani shakllantirishda do‘stlik va mehr-muhabbatning ratsional-pragmatik xususiyatini (his-tuyg‘u, ehtirosni real hayot talablariga muvofiqlashtirish) diniy va axloqiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida maqsadga muvofiq ruhda takomillashtirishning tarixiy-madaniy paradigmasi aniqlashtirilgan;
    barkamol avlodni hamjihatlik ruhida tarbiyalashda «do‘stlik» va «mehr-muhabbat» tuyg‘ularining ijtimoiy muhit ta’siridagi destruktiv (o‘zgaruvchanlik) holatning oldini olish zarurligi mantiqiy izchillikda isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Do‘stlik» va «mehr-muhabbat» tushunchalarini shaxsning ijtimoiy hayotida qo‘llash, tatbiq etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiya va takliflar asosida:
«do‘stlik» va «mehr-muhabbat» tushunchasiining ijtimoiy, falsafiy, antropologik mazmuni va mohiyatini, ko‘rinishlari va funksiyalarini jamiyatda qo‘llash hamda ijtimoiy hayotga tatbiq etishga oid fikr-mulohazalaridan “O‘zbekiston Respublikasi qirg‘iz madaniy markazi ishlab chiqqan tadbirlar dasturining «Dunyo xalqlari, do‘stlikni qadrlaylik» nomli tadbirlar ijrosini ta’minlashda hamda “Qardosh xalqlarning do‘stligini mustahkamlash tizimiga doir nazariy, amaliy va metodologik jihatlarini uyg‘unlashtirish”ga oid yillik dasturining “Barcha millatlarning mehr-muhabbati va do‘stlikni asrash kerakligi” deb nomlangan bo‘limini shakllantirishda va ularga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qirg‘iz madaniy markazining 2019 yil 27 fevraldagi 04-13/10-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida respublikamiz yoshlarining dunyoqarashini va madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
    tarixiy manbalarda keltirilgan do‘stlik va mehr-muhabbat tushunchalarining genezisi, ijtimoiy-antropologik ko‘rinishlari va funksiyalariga oid ilmiy fikrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining chora-tadbirlar dasturidagi «Millatlararo do‘stlik abadiy bo‘lsin!» nomli tadbirni hamda «Mehrli xalqlar» klubini tashkil etishda va uning oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2019 yil 2 martdagi 04-14/12-son ma’lumotnoma). Natijada insonning hayotga mehrli, muhabbatli, do‘stlikni qadrlash, davlatlarning o‘zaro tinchlik munosabatlari va iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilgan;
    mustahkam oilani shakllantirishda do‘stlik va mehr-muhabbat umuminsoniy qadriyat ekanligiga oid konstruktiv g‘oya, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining viloyat, shahar va tumanlardagi «Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlarning innovatsion maktabi»ni tashkil etish va unda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda hamda bolalar va yoshlar uchun oila, madaniyat va tarbiya masalalari bo‘yicha kitoblar chop etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazining 2019 yil 30 avgustdagi 836-son ma’lumotnomasi). Natijada oilalarni, onalar va bolalarni mehrli bo‘lishga da’vat qilish va milliy qadriyatlarimizning bosh bo‘g‘ini oila a’zolari o‘rtasida mehr-oqibatni kuchaytirishga samarali xizmat qilgan;
    jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalashda do‘stlik va mehr-muhabbat tushunchalari sharqona fazilatlarni ulug‘lovchi dunyoqarash ekanligiga oid fikr-mulohazalaridan “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashining tadbirlar dasturi”ni shakllantirishda, xususan, uning “Do‘stlik va mehr-muhabbatni qadrlash kerak” nomli bo‘limini ishlab chiqishda va undagi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2018 yil 8 sentyabrdagi 04-13/4657-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida Respublikamiz aholisi, ayniqsa, yoshlarining dunyoqarashini rivojlanishiga va sohaga oid targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishga samarali xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish