Ilxamova Iroda Nuritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nofilologik ta’lim yo‘nalishdagi talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligi kontekstida nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped225.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shaxzoda, pedagogika fanlari doktori, professor; Kadirova Munira, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining ijtimoiy-madaniy bilimlari kontekstida nutqiy ko‘nikmalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentlik mazmuni o‘zlashtirilgan chet tili fonetik, leksik va grammatik birliklarini nutqiy faoliyatga fanlarni integratsiyalash innovatsion ta’lim tendensiyalari asosida takomillashtirilgan;
talabalarning reseptiv va produktiv nutqiy faoliyatini shakllantirish ko‘nikmalari web-quest, individual va differensial ta’lim texnologiyalarining ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ vositalarini chet tilidagi nutqiy kompetensiyalarga ajratish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli mustaqil va jamoaviy adekvat ta’lim texnologiyalari: keys to‘plami, web-quest, mahorat darslari muammoli texnologiyalar bilan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining nutqiy ko‘nikmalari va ingliz tilini bilish darajasini ta’lim mazmuni, o‘qitish vositalari, metodlari va shakllarini uyg‘unlashtirib, pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha web-quest texnologiyasini qo‘llash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nofilologik ta’lim yo‘nalishdagi talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetentligi kontekstida nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bakalavriatning nofilologik ta’lim yo‘nalishlari talabalarining nutqiy ko‘nikmalarini veb-kvest texnologiyalari asosida rivojlantirish bo‘yicha takliflar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-sonli buyrug‘i asosida Davlat ta’lim standartlari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 19 yanvardagi 89-03-243-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda ta’lim sifatini oshirishga erishilgan;
talabalarning ingliz tilini o‘rganish jarayonida kom`yuter texnologiyalardan foydalanish madaniyatini shakllantirish, web-quest texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 maydagi 89-03-1864-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning veb-kvest texnologiyasi bo‘yicha ijodiy faolligi oshirilgan;
nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalarining nutqiy ko‘nikmalarini ijtimoiy-madaniy kontekstda rivojlantirish, tayyorlanish jarayoni, o‘qituvchilar uchun oltita, veb-kvestning barcha ishtirokchilari uchun uch bosqich va sakkizta qadamdan iborat “Readings in country study” amaliyotga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida 2018 yil 14 mayda 89-03-1864-son ma’lumotnomasi). Natijada professor-o‘qituvchilarning mashg‘ulotlar olib borish samaradorligi va talabalarning bilim sifati oshirilgan.