Shamsieva Inobat Qosimjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalash», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped48.
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibraimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Mels Xasanovich; pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Furqat, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5–9-sinflari jismoniy tarbiya darslarini loyihalashtirishning mazmuni va tashkiliy pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“pedagogik loyihalashtirish”, “darsning pedagogik loyihalashtirilishi”, “o‘quvchining jismoniy tarbiyasi” tushunchalar mohiyati o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini bilish, mustaqil o‘qib bilim orttirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllantirish yondashuvlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
jismoniy tarbiya va sportni fundamental rivojlantirishning amaldagi tendensiyalari sotsial, huquqiy, ilmiy, pedagogik omillar mazmunini ishlab chiqish asosida ochib berilgan;
jismoniy tarbiya darslarining tashkiliy-pedagogik jarayonlari loyihalash sifatining mezonlari tarkibiga o‘z-o‘zini tekshirish funksiyalarini (maqsad va vazifalarni tanlash, topshiriq va vazifalarni bajarish, vaqtni o‘lchami, imkoniyatlar samarasi, didaktik ta’minot, tuzilmaviy bog‘liqlik) kiritish asosida takomilashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini loyihalashtirib tashkil qilishning konseptual dasturi loyihalash bosqichlarini baholashda (jarayonni belgilash, tahlil, vositalarni ajratish) dinamik ko‘rsatkichlarni (dastlabki darajasi, harakatlanuvchi qobiliyatlar xususiyatlari, yosh dinamikasi) integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5–9-sinflarida jismoniy tarbiya darslarini loyihalash yondashuvlari asosida takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
“pedagogik loyihalashtirish”, “darsning pedagogik loyihalashtirilishi”, “o‘quvchining jismoniy tarbiyasi” tushunchalar mohiyati, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z-o‘zini bilish, mustaqil o‘qib bilim orttirish, o‘z-o‘zini tarbiyalash, jismoniy tarbiya faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatlarni shakllantirish yondashuvlari, jismoniy tarbiya va sportni fundamental rivojlantirishning amaldagi bosqichi tendensiyalari, sotsial, huquqiy, ilmiy, pedagogik omillar mazmuniga oid takliflar F1-XT-0-16955 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini zamonaviy yondashuvlar asosida loyihalash” (2014-2016) mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 sentyardagi 89-04-1755-son ma’lumotnomasi). Loyiha doirasida jismoniy madaniyatni oshirish ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini loyihalashtirib tashkil qilishning konseptual dasturi loyihalash bosqichlarini baholashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
jismoniy tarbiya darslarining tashkiliy-pedagogik jarayonlari loyihalash sifatining mezonlari tarkibi, o‘z-o‘zini tekshirish funksiyalariga oid takliflari 5112000 – Jismoniy madaniyat bakalavriat yo‘nalishi malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 sentyardagi 89-04-1755-son ma’lumotnomasi). Mazkur malaka talablari asosida oliy ta’lim muassasalarida jismoniy madaniyat bakalavriat yo‘nalishi o‘quv mazmuni takomillashtirilib, o‘quv-uslubiy majmualar va elektron resurslar sifati oshirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini loyihalashtirib tashkil qilishning konseptual dasturiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi va boshqa ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 30 maydagi 01-02/2-2-161-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim standartlari asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv dasturlari va metodik ta’minotni ishlab chiqishga xizmat qilgan.