Jamolov Anvar Kuchkorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiyot kollejlarida o‘rta tibbiy xodimlar tayyorlash metodikasini innovatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish”, 13.00.05–Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped296.    
Ilmiy rahbar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog  kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiyot kollejlarida o‘rta tibbiy xodimlar tayyorlash metodikasini innovatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy malakalarni tibbiy faoliyatda intensiv qo‘llashning psixologik va metodik jihatlarini muqobillik va adekvatlilik tamoyillari asosida o‘zaro muvofiqlashtirish orqali o‘rta tibbiy xodimlar kasbiy faoliyatining funksional imkoniyatlari (klinik fikrlash va prognostik-tezkorlik) kengaytirilgan;
tibbiyot kollejlarida o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan o‘qitish shakllari va vositalari (“online survey”, “offline diagnostics” va “problematic clinical situations”)ni jamoaviy konsilium uslubi asosida ishlab chiqish orqali maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
nostandart mazmunli o‘qitishni o‘rta tibbiy xodimlarning malaka talablari mazmuni bilan integratsiyalash asosida tibbiyot kollejlarida o‘quvchilarning interfaol muloqotini ta’minlovchi metodik ta’minotini qaytar aloqa va avtomatik baholash  shakllari takomillashtirilgan;
simulyasion ta’lim resurslari (“virtual practical exam”)ni ishlab chiqish orqali klinik tahlil, tashxis va davolash kabi o‘rta tibbiy xodimlarning kasbiy mahoratlarini baholash mezonlari (motivatsion, kognitiv va amaliy-faoliyatli) ob’ektivligi va xolisligi ta’minlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tibbiyot kollejlarida o‘rta tibbiy xodimlar tayyorlash metodikasini innovatsion texnologiyalardan foydalanib takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy malakalarni tibbiy faoliyatda intensiv qo‘llashning psixologik va metodik jihatlarini muqobillik va adekvatlilik tamoyillari asosida o‘zaro muvofiqlashtirish orqali o‘rta tibbiy xodimlar kasbiy faoliyatining funksional imkoniyatlarini kengaytirishga doir tavsiyalaridan PZ-2016-0905173317 raqamli  «O‘quvchilarni kasb-hunarga samarali yo‘naltirish orqali umumiy o‘rta va kasb-hunar ta’limi uzviyligini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish» (2016-2018 yy.) mavzusidagi grand loyihasi doirasida uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish, ta’lim hamda o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishga oid yondashuvlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston  Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 89-05-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalar o‘rta tibbiy xodimlarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi;
tibbiyot kollejlarida o‘quvchilarni faollashtirishga qaratilgan o‘qitish shakllari va vositalari (“online survey”, “offline diagnostics” va “problematic clinical situations”)ni jamoaviy konsilium uslubi asosida ishlab chiqish orqali maxsus fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid ishlanmalari va tavsiyalari “Pediatriyada hamshiralik ishi”, “Terapiyada hamshiralik ishi”, “Xirurgiya va reanimatsiyada hamshiralik ishi”  fanlarini o‘quv uslubiy ta’minoti mazmuniga singdirilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiy ta’limni rivojlantirish markazining 2019 yil 1 apreldagi 50-son ma’lumotnomasi). Mazkur axborot ta’minoti o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash  metodikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
hamshiralik yo‘nalishi uchun maxsus fanlarni o‘qitishda mul`timediali ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish, nostandart mazmunli o‘qitishni o‘rta tibbiy xodimlarning malaka talablari mazmuni bilan integratsiyalashga oid metodik tavsiyalardan “Zamonaviy jihozlardan foydalanish algoritmlar to‘plami”, “Yuqumli kasalliklar fanidan amaliy ko‘nikmalarni bajarish algoritmlari to‘plami” o‘quv  qo‘llanmalar mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 89-05-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik materiallar tibbiy umumkasbiy va maxsus fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish