Salisheva Zilola Ismailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus guruhlarida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped69.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi  DSc.27.06.2017.Ped.27.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldasheva Shaxlo Shukurullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili mashg‘ulotlarida rus guruhlari talabalarining monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
monologik nutq turlarining funksional va psixolingvistik xususiyatlari ichki nutqni dasturlash va transformatsiyalash vositasida tashqi nutqda ifodalash jarayonlarini rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
rus guruhlari talabalarining o‘zbek tilida monologik nutqni egallash qiyinchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan fikrni mantiqiy bog‘langan holda ifodalashning nazariy jihatlari va metodik ta’minoti izchillik, mantiqiylik, bosqichli ketma-ketlik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan; 
rus guruhlari talabalarining bog‘lanishli nutqini rivojlantirish metodik ta’minoti triada: “nutqqa tayyorlov – nutqning xomaki variantini tayyorlash – nutq jarayoni” asosida turkumlangan kollaborativ va imitatsion ta’lim texnologiyalari orqali takomillashtirilgan; 
talabalar monologik nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘zbek tilidan auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etishda til va adabiy o‘qish materiallarini ilk bor konsentrizm prinsipi asosida strukturalashtirish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek tili mashg‘ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rus guruhlari talabalarining o‘zbek tilida monologik nutqni egallash qiyinchiliklarini bartaraf etishga yo‘naltirilgan fikrni mantiqiy bog‘langan holda ifodalashning nazariy jihatlari va metodik ta’minoti izchillik, mantiqiylik, bosqichli ketma-ketlik tamoyillari  bo‘yicha berilgan takliflar asosida OTM rus guruhlari “O‘zbek tili” darsligi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 12 dekabrdagi 264-buyrug‘i, 01-19 guvohnomasi). Natijada ishlab chiqilgan modul talabalarning monologik nutqni egallash qiyinchiliklarini bartaraf etishga va o‘z fikrini bog‘lanishli ifodalash malakalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
monologik nutqning aniqlashtirilgan psixolingvistik va funksional xususiyatlaridan «Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘atini tuzish» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 apreldagi 89-03-1641-son ma’lumotnomasi). Natijada bayoniy, tasviriy, muhokama monologik nutqning psixolingvistik jihatlari va funksional xususiyatlariga oid bilimlar ommalashtirilgan;
interfaol va innovatsion metodlar, Smart‐texnologiyalar, grafik organayzer va strategiyalar asosida talabalarning monologik nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik ta’minotdan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 maydagi 89-03-1779-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning ommalashtirilishi va joriy qilinishi o‘quv materiallarining tizimlashtirilishiga xizmat qilgan; 
auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda adabiy o‘qishni tashkil etish orqali talabalar monologik nutqini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan didaktik ta’minotdan Abdulla Qahhor uy-muzeyida ko‘rgazma tashkil etish, shuningdek, gid-stajyorlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 17 maydagi 01-12-10-23-60-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha ilgari surilgan 5 ta tashabbus tarkibidagi talabalarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at yo‘nalishlariga qiziqishini oshirishga, talabalar kasbiy kompetentligi potensial imkoniyatlarining kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish