Parmanov Abulqosim Abdurashidovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasvirli masalalar vositasida matematikani o‘qitishni takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped117.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Artikbaev Abdulaziz, fizika-matematika fanlari doktori.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Djalilov Axtam Abduraxmanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jumaniyozov Qudrat Sapaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasvirli masalalar vositasida matematikani o‘qitishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
matematika darslarida tasvirli masalalarni tasniflash orqali o‘quvchilarning mantiqiy mushohada yuritish (analiz, sintez, anologiya, umumlashtirish, deduksiya, induksiya) ko‘nikmalari va amaliy bilimlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari (motivatsion, kognitiv, refleksif, tanqidiy baholash) fanlararo bog‘liqlik asosida takomillashtirilgan;   
 umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasvirli masalalarni tuzish va echish tamoyillari (ilmiylik, uzviylik, izchillik, ko‘rgazmalilik) ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarni (konseptual, refleksiv, texnologik) kiritish asosida mazmunan takomillashtirilgan;
matematik bilim va ko‘nikmalarni sintezlashning gnoseologik, evristik yo‘nalishlari uzviyligini ta’minlashga qaratilgan tasvirli masalalar tizimining mazmuniy va natijaviy birligi didaktik, mantiqiylik, innovatsionlik tamoyillariga hamohang ravishda aniqlangan;
o‘quvchilarni mantiqiy, abstrakt, nostandart fikrlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan tasvirli masalalarni tuzish va echish metodikasini joriy etish mexanizmi axborot-didaktik ta’minotni optimallashtirish va tashkiliy-funksional imkoniyatlarni tizimlashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasvirli masalalar vositasida matematikani o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalari asosida:
matematika darslarida tasvirli masalalarni mazmuni hamda mantiqiy mushohada yuritish, o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlari va tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish parametrlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasvirli masalalarni tuzish va echish, ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga oid takliflari KYoA-10-001 raqamli “Biofaol qavat qoplovchi qurilma va texnologiyalarni takomillashtirish” (2016-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 avgustdagi  89-03-2978-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar polimer biofaol moddalar bilan qoplangan titan implantatlarning elektron mikroskopik (SEM) tasvirlari va uning asosida moddalarning spektral tahlili va qatlamdagi miqdorlarini aniqlashda ijobiy natijalar olingan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasvirli masalalarni tuzish va echish tamoyillari ijodiy va amaliy mazmundagi masalalarga qo‘yilgan talablarni kiritish asosida mazmunan takomillashtirishga oid takliflardan «Pedagogika» ta’lim sohasi 5110100–Matematika o‘qitish metodikasi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishida «Tasvirli masalalarni tuzish va echish metodikasi» fanining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 avgustdagi  89-03-2978-son  ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarda fazoviy tasavvur va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni mantiqiy, abstrakt, nostandart fikrlashga o‘rgatishga yo‘naltirilgan tasvirli masalalarni tuzish va echish metodikasini joriy etish mexanizmiga oid taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim maktablari geometriya darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 avgustdagi  89-03-2978-son ma’lumotnomasi). Natijada matematik masalalarni tasvirli masalalar yordamida tuzish va echish usullari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish