Narmetova Yulduzxan Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari”,  19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2RhD/Psi31. 
Ilmiy rahbar: Shoumarov G‘ayrat Baxramovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti,  DSc.28.03.2019.Psi.26.02.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Sog‘inov Nurmat Abdusamatovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish hamda surunkali somatik kasalliklar nozologiyasiga mos tibbiy-psixologik yordam tuzilmasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali somatik kasalligi bo‘lgan bemorlarning ruhiy holati, kasallikka munosabati, kasallikni engish strategiyalari va zaxiralari kasallikning darajasi, og‘riqning kuchi va davomiyligi, kasallikning istiqboldagi natijalari va asorati kabi xarakteri bilan bog‘liqligi aniqlangan;
surunkali somatik kasalliklarga chalingan bemorlarning o‘z kasalligiga “nevrastenik”, “sensitiv” hamda "egotsentrik” munosabati, “depressiyaga moyillik”, “xursandlik” va “g‘azablanish” kabi hissiy-irodaviy xususiyatlari jins tafovutlarga bog‘liqligi asoslangan;
tibbiyot muassasalarida bemorning to‘liq tibbiy-psixologik-ijtimoiy reabilitatsiyasining tashkiliy psixologik ta’minotiga yo‘naltirilgan psixologik xizmatni tashkil etish tuzilmasi ishlab chiqilgan;
kasallikning psixologik tasnifi, bemor shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, psixologik xizmat ko‘rsatishning kasallikka bo‘lgan munosabat tipiga ko‘ra psixofiziologik (tez charchash, mehnat qobiliyatining pasayishi, jismoniy imkoniyatlarning chegaralanishi), psixologik (xavotirlanish, qo‘rquv, tajovuzkorlik, depressiya, xulq-atvor buzilishlar) va ijtimoiy-psixologik (shaxslararo munosabatlarda muammolar, ijtimoiy moslashuvning buzilishi) turlari aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
surunkali somatik kasallikka chalingan bemorlarning ruhiy holati, kasallikka munosabati, kasallikni engish strategiyalari va zaxiralari kasallikning darajasi, og‘riqning kuchi va davomiyligi, kasallikning istiqboldagi natijalari va asorati, xarakteri bilan bog‘liqligiga doir natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 5 sentyabrdagi 06/408-son, 2019 yil 26 sentyabrdagi 01/436-son ma’lumotnomalari). Natijada, salomatligi bo‘yicha imkoniyati cheklangan hamda alohida rivojlanishga ega bo‘lgan bolalarni kasallik sharoitiga to‘liq moslashtirish, ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini amalga oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
surunkali somatik kasalliklarga chalingan bemorlarning  o‘z kasalligiga “nevrastenik”, “sensitiv” hamda “egotsentrik” munosabati, “depressiyaga moyillik”, “xursandlik” va “g‘azablanish” kabi hissiy-irodaviy xususiyatlari jins tafovutlarga bog‘liqligiga oid  natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi va Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi amaliy faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 5 sentyabrdagi 06/408-son, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil  30 sentyabrdagi PM-7-son ma’lumotnomalari). Natijada tinglovchilar, amaliyotchi psixologlar faoliyatining ilmiy, o‘quv-metodik ta’minoti kuchaytirilgan; 
tibbiyot muassasalarida bemorning to‘liq tibbiy-psixologik-ijtimoiy reabilitatsiyasining tashkiliy-psixologik ta’minotiga yo‘naltirilgan psixologik xizmatni tashkil etish tuzilmasi va har bir nozologiyaga mos psixik-diagnostik va psixik-korreksion metodikalar majmuasi Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikalari, Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi klinikasi, Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 40-sonli oilaviy poliklinika amaliyotiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 21 sentyabrdagi 84-4/256-son ma’lumotnomasi). Natijada, bemorlar psixik-emotsional holatining yaxshilanishi, kasallikning remissiya davri uzayishi, surunkali somatik kasalliklari bo‘lgan bemorlarda mehnat qobiliyatining tiklanishi, nogironlikning oldini olish, ijtimoiy-psixologik muammolarni bartaraf etish hamda kasallik sharoitiga muvaffaqiyatli moslashish imkoniyatini yaratish va bemorlarning to‘liq tibbiy, psixologik, ijtimoiy reabilitatsiyasiga erishilgan;
kasallikning psixologik tasnifi, bemor shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, psixologik xizmat ko‘rsatishning kasallikka bo‘lgan munosabat tipiga ko‘ra psixofiziologik (tez charchash, mehnat qobiliyatining pasayishi, jismoniy imkoniyatlarning chegaralanishi), psixologik (xavotirlanish, qo‘rquv, tajovuzkorlik, depressiya, xulq-atvor buzilishlar) va ijtimoiy-psixologik (shaxslararo munosabatlarda muammolar, ijtimoiy moslashuvning buzilishi) turlariga oid natijalar Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi va Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi faoliyatida amaliyotiga tatbiq etilgan (Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining 2018 yil 5 sentyabrdagi 06/408-son, 2019 yil 26 sentyabrdagi 01/436-son, Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2019 yil 30 sentyabrdagi PM-7-son ma’lumotnomalari). Natijada, kurs tinglovchilarining bemorlarni tibbiy va ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya davridagi psixologik holati va xususiyatlari bilan bog‘liq muammolarni hal etish, hayot darajasini oshirish va kasallikning ikkilamchi asoratlarini bartaraf etishga oid bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish