Boltaeva Shahlo Toshpulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar  ijodiy  faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped299.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Ibraimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.28.03.2018.Ped.02.05.
Rasmiy opponentlar: Abdumannotov Abdumajit Mataevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent; Adizov Baxtiyor Rahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti .
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish, o‘quvchilarning ijodiy o‘quv-bilish faoliyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faolligi parametrlari tarkibi (barqaror motivatsion, ijobiy emotsional yo‘nalganlik, intiluvchanlik) muammo echimini topishning nostandart metod va usullarini izlash, o‘quv-bilish faoliyatidagi qat’iylik sifatlariga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
ijodiy faoliyatning rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari (motivatsion-emotsional, kognitiv, irodaviy, faoliyatli-ijodiy) kreativ yondashuvning (reproduktiv, izlanishli-evristik, ijodiy-tashabbuskorlik) praksiologik tizimini (odatiy, an’anaviy faoliyat tarzidan yangi, amaliy erkin o‘zgarish) belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishning diagnostik jarayonlari ijtimoiy intellektning sotsial (tushunish, idrok etish, oqilona fikrlash, tafakkurning tiyranligi) va emotsional (shaxsiy motivatsiya, hissiy barqarorlik, empatiya), intellektual qobiliyatdagi dinamik muvozanat va refleksiv-korreksion funksiyalarining o‘zaro aloqadorligini ochib berish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning hamkorlikdagi ijodiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasi jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, tahlil bosqichlarini rejalashtirish, hamkorlikda ijodiy topshiriqlarni bajarish, kooperativ ta’limning interfaol shakllari (g‘oyalar to‘plami, ekspress axborot, ijodiy lider, rolli o‘yinlar) mazmunini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy faolligi parametrlari tarkibini aniqlashtirish, muammo echimini topishning nostandart metod va usullarini izlash, o‘quv-bilish faoliyatidagi qat’iylik sifatlariga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va boshlang‘ich ta’limning malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-197-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarning “O‘qish”, “Ona tili”, “Matematika” fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishning motivatsion-emotsional, kognitiv, irodaviy, faoliyatli-ijodiy mezonlarini takomillashtirish, kreativ yondashuvning reproduktiv, izlanishli-evristik, ijodiy-tashabbuskorlik darajalarining praksiologik tizimi, diagnostik jarayonlar, ijtimoiy intellektning sotsial va emotsional, intellektual qobiliyatdagi dinamik muvozanat va refleksiv-korreksion funksiyalarning o‘zaro aloqadorligiga doir taklif va tavsiyalardan  F1-XT-1-31247  raqamli “O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish strategiyasi” mavzusidagi loyiha doirasida o‘yin texnologiyalarini ishlab chiqishda  foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-197-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda kooperativ ta’lim texnikalarini qo‘llash samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarining hamkorlikdagi ijodiy faoliyatini tashkil etish texnologiyasi, jamoaviy mustaqil faoliyatni belgilash, faoliyatni tahlil etish bosqichlarini rejalashtirish, hamkorlikda ijodiy topshiriqlarni bajarish, kooperativ ta’limning interfaol shakllari mazmuniga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A1-XT-1-19701 raqamli “O‘quvchilarning o‘quv-biluv imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan vaziyatlarni loyihalash mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2018 yil 20 iyundagi 01-02/2-2-197-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinflarda muammoli ta’lim asosida boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishga doir o‘quv topshiriqlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish