Djuraev Dilshod Mamadiyarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xitoy tilida talabalarning lingvokul`turologik kompetensiyasini shakllantirish», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xitoy tili) (pedagogika fanlari).
Ilmiy rahbar: Bakieva Gulandom Hisamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped315.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.30.08.2017.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xashimova Dildora O‘rinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Nazarova Sayyora Anvarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xitoy tilida talabalarning lingvokul`turologik kompetensiyasini shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor milliy belgilar, hurmat kategoriyasi, realiya, frazeologik birikma, maqol va matallarning HSK 3-4 darajasiga binoan metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
xitoy tili yo‘nalishidagi talabalarga til va madaniyatni integrallashgan holda o‘rgatishda lingvokul`turemalarning interferensiya va transpozision tipologiyasi aniqlashtirilgan;
talabalarning lingvokul`turologik kompetensiyasini shakllantirish maqsadida xitoy madaniyatining o‘zbek mentalitetiga xos bo‘lgan spesifik jihatlari didaktik ta’minot sifatida dalillangan;
o‘zbek auditoriyasiga xitoy tilidagi lingvokul`turologik konsepsiyalarni o‘qitish metodikasi interfaol metodlar – grafik organayzerlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xitoy tilida talabalarning lingvokul`turologik kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy belgilar, hurmat kategoriyasi, realiya, frazeologik birikma, maqol, matallarning HSK 3-4 darajaga binoan ishlab chiqilgan lug‘at-minimumidan Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining o‘quv jarayonida foydalanilgan (Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazining 2018 yil 30 iyuldagi 10-05/102-son ma’lumotnomasi). Natijada HSK 3-4 darajaga binoan lug‘at-minimumi ishlab chiqilgan;
xitoy tilida talabalarning lingvokul`turologik kompetensiyasini shakllantirish, xitoy tili va madaniyatini o‘qitishda uchraydigan interferensiya bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosalardan Respublika baynalminal madaniyat markazida “Mamlakatimizda millatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish va uyg‘unlashtirishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni tashkil etish” va O‘zbekiston o‘quvchilari o‘rtasida xitoy tili san’ati “Orzular yoshlikda alanga oldiradi” deb nomlangan festivallarda foydalinilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 20 dekabrdagi 01-11-10-8728-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning madaniyatlararo muloqotdagi interferensiyasi bartaraf etilgan;
xitoy tilida talabalarning lingvokul`turologik kompetensiyasini shakllantirish hamda xitoy tili va madaniyatini integrallashgan holda o‘qitishdagi masalalarga oid xulosalar va lingvokul`turologik kompetensiyani shakllantiruvchi interfaol metodlardan o‘quv jarayonlarida foydalanilgan (Xitoy Xalq Respublikasi millatlar universitetining 1101081132803-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va xitoy tillaridagi o‘quv madaniy materiallarning tizimlashtirilishiga xizmat qilgan;
xitoy va o‘zbek tillaridagi lingvokul`turologik konsepsiyalarning interfaol metodlar, strategiyalar va grafik organayzerlar orqali takomillashtirilgan metodikasidan “Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha-inglizcha xitoy madaniyati terminlari izohli lug‘ati”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xitoycha-o‘zbekcha-ruscha-inglizcha xitoy madaniyati terminlari izohli lug‘ati. – Toshkent: Turon matbaa, 2019 –52 b.). Natijada xitoy va o‘zbek tillaridagi lingvokul`turologik kompetensiyalarni o‘rgatish metodikasi ommalashtirilgan.