Izbosarov Boburjon Baxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotda tijorat banklari likvidliligini tartibga solish”, 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt954.
Ilmiy rahbar: Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ortiqov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyotda tijorat banklari likvidliligini tartibga solishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarida oddiy aksiyalarni birlamchi hamda ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish orqali joriy va lahzalik likvidlilikning uzluksizligini ta’minlash taklif etilgan;
likvidlilikni tartibga solishda bankdagi resurslarning asosiy qismini qisqa muddatli daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirib, uzoq muddatli investision loyihalarni xorijiy kredit liniyalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish taklif etilgan;
bank resurslari tarkibida bir yildan yuqori muddatga jalb qilingan muddatli depozitlar va kredit liniyalarining ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish taklif etilgan;
tijorat banki filiallariga bank likvidliligini baholash talabini bajarish yuzasidan kunlik me’yorlarni mustaqil belgilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklari likvidliligini tartibga solish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari ustav kapitalini oddiy aksiyalar chiqarish (xususan birlamchi va ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozorida joylashtirish) hisobiga oshirish orqali joriy va lahzalik likvidlilikni uzluksiz ta’minlash bo‘yicha taklifi “Aloqabank” AT hamda “Mikrokreditbank” ATB tomonidan bank likvidliligini boshqarish siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Aloqabank” ATning 2019 yil 3 iyundagi 19-09/2592-son va “Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 4 iyundagi 01-13/4952-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning yuqori likvidli aktivlari ulushi jami aktivlar tarkibida 2019 yil 1 aprel` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10-15 foizga oshgan, bu o‘z navbatida bankning joriy va lahzali likvidliligi talabini, mos ravishda 1,2 va 1,3 koeffisientda ta’minlash imkoniyatini bergan;
likvidlilikni tartibga solish maqsadida bankdagi resurslarning asosiy qismini qisqa muddatli daromad keltiruvchi aktivlarga joylashtirib, investision loyihalarni asosan uzoq muddatga jalb qilingan depozitlar va xorijiy kredit liniyalarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha taklifi AT “Aloqabank”ning depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2019 yil 3 iyundagi 19-09/2592-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning 2019 yil 1 yanvar` holatiga qisqa muddatga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 255,6 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga (44,1 mlrd. so‘m) nisbatan 211,4 mlrd. so‘mga yoki 4,7 martaga oshgan;
bankning resurslari tarkibida 1 yildan yuqori muddatga jalb qilingan muddatli depozitlar va kredit liniyalarining ulushini bosqichma-bosqich 70 foizga etkazish bo‘yicha taklifi “Mikrokreditbank” ATBning depozit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Mikrokreditbank” ATBning 2019 yil 4 iyundagi 01-13/4952-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida bankning vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar taqchilligini qoplash imkoniyatini bergan va uzoq muddatli depozitlarining ulushi 2019 yil 1 iyun` holatiga o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 90 mlrd. so‘mga yoki 8,5 foizga ortgan;
tijorat banklarida likvidlilik ko‘rsatkichlari va me’yorlarini kunlik bajarib borishi bo‘yicha talablarni o‘rnatish taklifi AT “Aloqabank”ning likvidlilikni boshqarish siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (AT “Aloqabank”ning 2019 yil 3 iyundagi 19-09/2592-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tijorat banklarida likvidlilik ko‘rsatkichlari va me’yorlarini kunlik bajarib borishi bo‘yicha talablarni o‘rnatish imkonini bergan.