Risaeva Oksana Maratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hozirgi zamon nemis tilida funksional fe’l birikmalarining aspektual semantikasi», 10.00.04–Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fil205.
Ilmiy rahbar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc 27.06.2017.Fil.21.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxo‘jaev Muxtorxon Eshonxo‘jaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Qulmamatov Do‘smamat Sattarovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nemis tilidagi funksional fe’l birikmalari bilan bog‘langan aspektual (aksional, harakat tarzi va aspekt) ma’nolarining kompleks tahlili orqali va funksional fe’l birikmalar yordamida ifodalanayotgan aspektual vaziyatlar turlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
funksional («yarim yordamchi») fe’l semantik statusini aniqlashda va funksional fe’l birikmalarning ajratish mezonlarini belgilashda aspektual (aksional) funksiyalariga taalluqli qarama-qarshiliklar isbotlangan;
funksional fe’l birikmalarning struktur-semantik turlari tasnifiga aniqlik kiritilib, funksional fe’l birikmalarning oddiy sintaktik birikmalar va frazeologik birliklardan ajratishga xos bo‘lgan struktur-semantik mezonlari aniqlangan;
zamonaviy nemis tilida chegaralangan, chegaralanmagan va limitativ neytral funksional fe’l yordamida tashkil topgan aspektual vaziyatlari semantikasini kompleks o‘rganish natijasida ularning aspektual vaziyatlar turlari aniqlangan,
funksional fe’l birikmalarning struktur-semantik xususiyatlarini o‘rganishda ularning mohiyatini tor va keng tushunish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy yo‘nalishlari va ularning aspektual semantikasini aniqlashga taalluqli holatlar isbotlangan;
gap strukturasida funksional fe’l birikmalarning aspektual (aksional, aspekt va harakat tarzi) semantikasi tahlili asosida terminativ va durativ (protsessual) aspektual vaziyatlar majmuasi aniqlanib, ularda bir-biri bilan tutashib ketgan keskin farq qiluvchi aspekt va harakat tarzi ma’nolari ochib barilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hozirgi nemis tilida funksional fe’lli konstruksiyalarning aspektual semantikasini tadqiq qilishdan olingan ilmiy natijalar asosida:
hozirgi nemis badiiy adabiyotidan va publisistikasidan, izohli lug‘atlardan olingan boy til materialidan va ko‘p aspektli-dominant, maydonli yondashuvlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tavsiya qilingan gid-tarjimonlar uchun nazariy va amaliy materiallarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 30 avgustdagi 05-22/6481-son ma’lumotnomasi). Natijada tarjimonlik amaliyotida fe’lli-otli perifrazlar ma’no va mazmunini adekvat (mos) va aniq interpretatsiya (talqin) qilishga, shuningdek, matnlarni tarjima qilishga yordam bergan, gid-tarjimonlar va ekskursovodlarning kasbiy faoliyati darajasini oshirishga asos bo‘lgan;
funksional fe’l-ot birikmalarning o‘ziga xos bo‘lgan kategorial struktural-semantik xususiyatlari majmuasi, turli manbalardan to‘plangan funksional fe’l-ot birikmalarining matn kommunikativ-pragmatik mazmuni shakllanishiga qo‘shadigan hissasi, funksional fe’l-ot birikmalarining ajratish mezonlarini belgilashda aniqlik kiritilishi bilan bog‘liq natijalardan QAPD 530786-TEMPUS-1-2012-1-NL-TEMPUS-SMHES raqamli TuCAHEA-«Markaziy Osiyo oliy ta’lim kengligini yaratish yo‘lida struktural adaptatsiya va ta’lim sifatini oshirish» nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 25 maydagi 89.03.2036-son ma’lumotnomasi). Natijalar oddiy fe’l o‘rniga qo‘llanadigan va nafaqat ilmiy-texnikaviy uslubda, balki rasmiy-amaliy muloqot sohasida ham ishlatiladigan analitik konstruksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganishga xizmat qilgan;
nemis tilidagi fe’l-ot birikmalari va sodda fe’l sinonimlari bilan almashinuvidan olingan materiallardan ilmiy-ta’limiy ko‘rsatuvlar ssenariylarini ishlab chiqishda, xususan, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Nemis tilini o‘rganamiz”, “Xorijiy tillarni bilasizmi?”, Nemis tilida so‘zlashamiz” kabi turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 16 avgustdagi 09-01/223-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallaridan foydalanish natijasida tomoshabin va tinglovchilarga tilni egallashda fe’l-otli perifraz o‘zlashtirishda, ularning erkin sintaktik birikmalar (kollokatsiyalar) va frazeologik birliklarda chegaralanish mezonlarini tushuntirishga hamda ko‘rsatuvlarning boyitilishiga yordam bergan.