Yazdonov Zikirillo Shukurilloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek xalq ekologik madaniyati an’analarini tiklash va rivojlantirish tendensiyalari» mavzusidagi 09.00.02–Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (madaniyat nazariyasi) (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fal195.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti DSc.27.06.2017.F.02.02.
Ilmiy rahbar: Karabaev Usman Xasilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Quldoshev Asliddin Tursunovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek xalq ekologik madaniyati an’analarini tadqiq etish, ularni tiklash va rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash hamda ekomuammolarni hal qilishga ko‘mak beradigan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«tabiat-jamiyat-inson» tizimining immanent mutanosibligini ta’minlashda o‘zbek xalq ekologik madaniyati an’analarining roli ekomadaniyat (ekologik e’tiqod, ekologik munosabat, ekologik faoliyat) kategoriyalari asosida ochib berilgan; 
o‘zbek xalq ekologik madaniyati an’analarining evolyusiyasi va tarixiy tajribalarini ekologik ta’lim texnologiyalari hamda xalqaro ekologik jarayonlarga tatbiq etishda shaxsning tabiatga ma’naviy mas’ulligini oshiruvchi omillar (media loyihalar, didaktik vositalar) asosida uning birlashtiruvchi, sellektiv, etaklovchi va uyushtiruvchi kabi imkoniyatlari aniqlangan;
yoshlar ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirishda ijtimoiy borliqdagi differensial yondashuvning (ekologik faollik, mas’uliyat, burch singari) sifatlari bilan o‘zbek xalq ekologik madaniyati tarkibidagi “xalq e’tiqodi”, “etnopedagogikasi”, “bayram-marosim madaniyati”, “xalq o‘yinlari” kabi ijtimoiy mental xususiyatlarining dialektik aloqadorligi asoslab berilgan;
tabiat bilan xalq madaniyati uyg‘unligi asosida paydo bo‘lgan xalq ekologik madaniyati an’analarining yoshlar ekodunyoqarashini yuksaltirish omili ekanligi sotsial kuzatish vositasida isbotlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbek xalq ekologik madaniyati an’analarini tiklash va rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy falsafiy takliflar asosida:
«tabiat-jamiyat-inson» tizimining immanent mutanosibligini ta’minlashda hududlar ekologik sohasida yuzaga keladigan muammolarni tahlil etish va ularni bartaraf etish nazariyasi va amaliyotiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda davlat va jamoatchilik nazoratini olib borishning samarali mexanizmlarini va amaliyotini rivojlantirishga ko‘maklashish” nominatsisi bo‘yicha “Joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish” mavzusidagi 46-11/50 raqamli garant loyihasi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy tadqiqot markazining 2019 yil 3 apreldagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi ekologik madaniyatini rivojlantirishda ustuvor ahamiyat berish kerak bo‘lgan vazifalarni aniqlab olishga xizmat qilgan;
o‘zbek xalq ekologik madaniyatining lokal, regional va global muammolari va unga inson (antropogen) omilining ta’siriga oid fikr-mulohazalaridan, xulosa va takliflaridan “Jamoatchilik nazorati”, “Ekologik nazorat”, “Barqaror taraqqiyot maqsadlari uchun ta’lim Konsepsiyasi”ning ijrosini ta’minlashda va ekologik bilimlarni keng targ‘ib qilishda foydalanilgan   (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 16 iyuldagi 02-02/8-601-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va aholi o‘rtasida ekologik ta’lim tarbiyani va bilimlarni keng targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
o‘zbek xalq ekologik madaniyati tarkibidagi xalq e’tiqodi, etno-pedagogikasi, bayram-marosim madaniyati, milliy o‘yinlar asosida  aniqlangan tendensiyalar bo‘yicha nazariy-amaliy taklif va tavsiyalardan “Yangi turizm yo‘nalishlari, mahsulotlari va mashrutlarini ishlab chiqish hamda ichki turizmni rivojlantirish yo‘nalishlari” deb nomlangan V bandini shakllantirishda hamda “Madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish yo‘nalishi” deb nomlangan VI bandida belgilab qo‘yilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2019 yil 29 maydagi 02-22/4119-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarida o‘tkazilgan tadbirlar, davra suhbatlari va ekoturizimni rivojlantirishga, ekomadaniyatni targ‘ib etuvchi ko‘rgazma zallari, galereyalar, muzeylar, madaniy-ma’rifiy muassasalar, xalq ijodiyoti uylari, turizmni rivojlantirish departamenti faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tabiat va xalq madaniyati uyg‘unligi asosida paydo bo‘lgan xalq ekologik madaniyati an’analari, tabiiy-ma’naviy qadriyatlariga doir  taklif-tavsiyalardan, ilmiy xulosalardan  Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limining 2019 yilga mo‘ljallangan dasturiy rejasining 5-bandiga kiritilgan madaniyat va san’at tashkilotlari bilan ishlashda O‘zbekiston Respublikasi umumxalq bayramlari doirasida o‘tkaziladigan “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati bilan ishlash jarayonida hamda muhim tarixiy sanalar yo‘nalishida o‘tkaziladigan tadbirlarda keng  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining 2019 yil 9 iyuldagi 02/07-932-19-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida bugungi yoshlar tarbiyasi mazmunini xalq ekologik  madaniyati qadriyatlariga sadoqat ruhi bilan boyishiga, yangilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish