Ergashev Jamshid Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak matematika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining mazmunini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1. PhD/Ped79.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Umit, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.01.09.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Dilfuza Isroilovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Jumaniyozov Qudrat Sapaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak matematika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi mazmunini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishning metodik ta’minotini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash o‘quv mazmuni integrativ kurslar uchun talabalarning bilishga yo‘naltirilganlikka oid umumkasbiy ko‘nikma va malakalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash metodikasi o‘quv jarayonlariga axborotli, dalilli, muammoli, fanlararo integratsiyalashuv bosqichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
matematika o‘qituvchilarini kasbiy tayyorgarligining tashkiliy-pedagogik shartlari kasbiy ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlariga mos kognitiv, integrativ, kreativ mezonlar va tahliliy diagnostik texnologiyalarni qo‘llashga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
matematika o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minoti kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlariga (trans`dyuserli, kombinatorli, grafikli, modellashtiruvchi) mos virtual laboratoriya va kreativ topshiriqlarni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak matematika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligi mazmunini integrativ yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlash o‘quv mazmuni, integrativ kurslar uchun talabalarning bilishga yo‘naltirilganlikka oid umumkasbiy ko‘nikma va malakalarini aniqlashtirishga doir takliflardan “Pedagogika” ta’lim sohasi 5110100 – Matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishining Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 89-03-2791-son ma’lumotnomasi). Mazkur ta’lim standarti matematika bo‘yicha o‘quv reja va dasturlari, o‘quv-metodik materiallarni integrativ yondashuv asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
matematika o‘qituvchilari kasbiy tayyorgarligining tashkiliy-pedagogik shartlarini aniqlashtirish, kasbiy ijtimoiylashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlariga mos kognitiv, integrativ, kreativ mezonlar va tahliliy diagnostik texnologiyalarni qo‘llashga doir amaliy taklif va tavsiyalar A1-XT-O-14297 raqamli “Axborot-kommunikatsion ta’lim muhitida matematika o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslarini yaratish” (2012-2014 yillar) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida ta’lim amaliyotiga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 89-03-2791-son ma’lumotnomasi). Natijada matematik analiz, algebra va sonlar nazariyasi, differensial geometriya, differensial tenglamalar, hisoblash usullari, matematikani o‘qitish texnologiyalari va loyihalash kabi fanlarni o‘qitish jarayonida interaktiv mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak matematika o‘qituvchilarini kasbiy tayyorlashning metodikasi va o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish, o‘quv jarayonlariga axborotli, dalilli, muammoli, fanlararo integratsiyalashuv bosqichlarini kiritish, kasbiy rivojlantirish yo‘nalishlariga mos virtual laboratoriya va kreativ topshiriqlarni ishlab chiqishga oid takliflardan ITD-1-Yo-14  raqamli “Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirishning informatsion-metodik ta’minotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish: akmeologik yondashuv” (2014-2015 yy.) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 iyuldagi 89-03-2791-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida ishlab chiqilgan blok-modulli ta’lim texnologiyasi pedagogik yo‘nalishdagi oliy ta’lim muassasalarida matematik fanlar bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish