Axmedov Burxon Abduraxmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Bakr Jassos “Ahkom al-Qur’on” tafsirining hanafiy mazhabi rivojidagi ahamiyati”, 24.00.02–Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (islomshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Isl31.
Ilmiy rahbar: Islamov Zaxid Mahmudovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.27.04.2018.Isl./Tar.57.01. 
Rasmiy opponentlar: Uvatov Ubaydulla Murodovich, tarix fanlari doktori, professor, Yuldashxodjaev Xaydar Xashimxanovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Abu Bakr Jassos “Ahkom al-Qur’on” tafsirining hanafiy mazhabi rivojidagi ahamiyatini yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
X–XI asr sunniylar va shialar o‘rtasidagi nizo, qarmatiylar “Dor al-hijra” nomli o‘z markazlariga asos solishi kabi hududda paydo bo‘lgan noto‘g‘ri tushunchalar va qarmatiylar, mo‘’taziliylar singari adashgan firqalar hamda aqidaviy kurash jarayonlari Abu Bakr Jassosda o‘ziga xos e’tiqodiy qarashlar shakllanishiga sabab bo‘lgani, ammo olimning hanafiylik ta’limoti tamoyillaridan tashqariga chiqmagani ochib berilgan;
Abu Bakr Jassosning aqidaviy qarashlari borasida kechgan sehrning mohiyati, Allohni ko‘rish kabi ba’zi bahslar allomaning “Ahkom al-Qur’on” asarida keltirgan fikrlari orqali uning “ahlu-s-sunna va-l-jamoa” vakili ekanligi isbotlangan;
Abu Bakr Jassos “Ahkom al-Qur’on” asarini hanafiylik mazhabiga asoslanib “raddiya” uslubida yozishi uning islom olamida “Imom”, “Hujjatul islom”, “Mufassir”, “Hofiz”, “Muhaddis”, “Fozil”, “Faqih”, “Mujtahid”, “Muftiy” kabi ilmiy unvonlarni olishiga xizmat qilganligi ilmiy asoslangan;
ilk bor “Ahkom al-Qur’on” asaridagi hanafiy mazhabiga doir aqida, axloq va fiqhiy masalalar bugungi kunda dolzarb hisoblangan poraxo‘rlik, qotillik, o‘zga din vakillari bilan munosabat, tijorat kabi dolzarb masalalarning o‘ziga xos uslubda yoritilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Abu Bakr Jassos “Ahkom al-Qur’on” tafsirining hanafiy mazhabi rivojidagi ahamiyati mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
hanafiy fiqhi tarixi, “Ahkom al-Qur’on” asari, mufassir va faqihlarning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumot hamda xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va oliy o‘quv muassasalari talabalariga «Tafsir» fanini o‘qitishda, islomshunoslik ilmlari bo‘yicha malaka oshirayotgan tinglovchilar uchun «Tafsir ilmiga bag‘ishlangan manbalar», «Movarounnahrda yozilgan fiqhiy asarlar» nomli maxsus kurslarda foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yil 2 avgustdagi 2108-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlod, xususan, talabalarni Vatanimizning ulug‘ siymolari bilan yaqindan tanishtirishga, ularni vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uzviyligi ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
hanafiy mazhabi tafsirlari orasidagi farqlar, aqidaviy masalalarga oid ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy-madaniy jamoatchilikni keng xabardor etish hamda ularning kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha metodik o‘qishlarida, kataloglar, al`bomlar, ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2019 yil 2 avgustdagi 02/271-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘sib kelayotgan yosh avlodda islom dini va fiqhi to‘g‘risida, ayniqsa, islom dini niqobi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan buzg‘unchi ekstremistik oqimlarning sof islomdan yiroq ekanligi borasida to‘g‘ri tasavvur va ko‘nikmalar shakllantirilgan;
Abbosiylar xalifaligi davrida etishib chiqib, Sharq mamlakatlarida faoliyat yuritgan allomalar hayoti, merosi haqidagi ma’lumotlardan «Ziyo» studiyasining turkum ko‘rsatuvlari, «O‘zbekiston» telekanalining «Assalom O‘zbekiston» ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 2 avgustdagi 01-13-1520-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda vatanparvarlik hissini uyg‘otishda, yurtimiz tarixini, allomalarning boy merosini o‘rganishda yordam bergan; 
hanafiylik mazhabi qoidalarining talqini, tafsir va aqidaviy masalalarga doir xulosalardan O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazi tarkibidagi kutubxona va arxiv, qo‘lyozmalar fondlarini bugungi O‘zbekiston zaminidan etishib chiqqan buyuk alloma va mutafakkirlar, aziz-avliyolar, ular tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlarni yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi markazining 2019 yil 1 avgustdagi 286/19-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarda o‘z xalqi tarixini xolisona o‘rganish, milliy o‘zlikni anglash, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish