Hamzaev Haqnazar Xo‘shmirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped170.
Ilmiy rahbar: Shodmonova Shoira Saidovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldoshev Qozoqboy Boybekovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tilegenov Askarboy Tolegenovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.     
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv, darsdan tashqari va mustaqil ta’lim jarayonlarining o‘zaro integratsiyalash tuzilmasi motivlashtirish (tashkilotchilik, tashabbuskorlik, qiziqtirish, nostandartlik, ta’limni texnologiyalashtirish, faollik) hamda shaxs-faoliyat yondashuvi (tashkiliy, frontal, individual, jamoaviy) parametrlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorgarlik darajasini baholash komponentlari (qobiliyat, shaxsiy va kasbiy sifat, bilim, ko‘nikma, malaka)ni aniqlashtirish asosida jarayonning tashxislash, korreksiyalash va monitoringini amalga oshirish tizimi rivojlantirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijtimoiy moslashuviga shaxslararo, guruhlararo, jamoaviy yondashuvlar ta’sirining didaktik imkoniyatlari o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning konseptual, antropologik, germenevtik, sotsiogen va psixogen omillariga ustuvorlik berish orqali kengaytirilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik jarayonlari shaxsiy sifatlardan (tashkilotchilik, tashabbuskorlik, kreativlik, sub’ektivlik, kompetentlilik) iborat tashkiliy-pedagogik funksional vazifalarni belgilash asosida takomillashtirilgan. 
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv, darsdan tashqari va mustaqil ta’lim jarayonlarining o‘zaro integratsiyalash mexanizmi motivlashtirish va shaxs-faoliyat yondashuvi asosida takomillashtirishga hamda jarayonning tashxislash, korreksiyalash va monitoringini amalga oshirish tizimini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlangan “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasining mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 11 sentyabrdagi 089-03-34-38-son ma’lumotnomasi). Mazkur o‘quv qo‘llanmaning amaliyotga joriy etilishi o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirish tizimini takomillashtirishning falsafiy, psixologik va pedagogik omillarini aniqlashtirish, samarali usul va vositalar, motivlashtirish hamda tizimli yondashuv vositasida ta’sir ko‘rsatish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishga tayyorlash texnologiyasi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy moslashuviga shaxslararo, guruhlararo, jamoaviy ta’sir ko‘rsatishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga oid mualliflik g‘oyalari PZ-2014-0910185149 raqamli «Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari» (2015–2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 1dekabrdagi 01-02/2-2-501-son ma’lumotnomasi). Mazkur amaliy loyiha asosida o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning konseptual, antropologik, sotsiogen va psixogen omil va talablari o‘quvchilarning ijtimoiy, psixologik, mas’uliyatlilik, moslashuvchanlik va kommunikativlik kabi ko‘rsatkichlari dinamikasining oshishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik jarayonlariga doir takliflar, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulot ishlanmalari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining «Kamalak» boshlang‘ich tashkiloti ish rejasi va ijtimoiy loyihalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 1 dekabrdagi 01-02/2-2-501-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda tashkilotchilik, tashabbuskorlik, kreativlik, kompetentlik kabi shaxsiy sifatlari va dunyoqarashi shakllangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish