Shamsieva Dilorom Mardonovnaning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rus adabiyotini o‘qitish jarayonida bakalavrlar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishning asosiy toifalari taksonomiyasi», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped47.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika instituti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.20.02.
Rasmiy opponentlar: Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori; Kurbanbay Jarimbetov, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rus adabiyotini o‘qitish jarayonida bakalavrlar tomonidan o‘quv materialini o‘zlashtirishning asosiy toifalar taksonomiyasini nazariy jihatdan asoslash va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarining metakognitiv, sensorli perseptiv, mnemologik hissiy bilish operatsiyalari yordamida o‘quv materialini o‘zlashtirish metodologiyasi rus adabiyotidan o‘quv materialining taksonomik toifalari (bilish, tushunish, analiz, sintez, abstrakt yaxlitlash, ekstrapolyasiya, baholash)ni belgilash asosida takomillashtirilgan;
rus adabiyotidan o‘quv materiallarini Flesh-Kinkeyd va Flesh indekslar darajasida o‘zlashtirishda o‘quv maqsadlari va vazifalarining didaktik xususiyatlari tarkibi (kognitiv, psixomotor, affektiv, topshiriqli) bilim egallashdagi asosiy ta’sir darajalariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
rus adabiyotidan o‘quv materialini o‘zlashtirishda taksonomiyaning asosiy toifalaridan foydalanish tuzilmasi adabiyotshunoslikka oid kompetensiyalarni shakllantirishda asarning g‘oyaviy mohiyatini tushunish, syujet, fabula, kompozisiyalar o‘rtasidagi aloqadorlikni idrok etish, ichki qonuniyatlarini anglash mezonlari ustuvorligiga qurilgan mexanizm asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minoti, kognitiv soha toifalari bo‘yicha loyihalashtirilgan ta’lim mazmuni va vositalari taksonomiya toifalaridan foydalanish bosqichlarining o‘qitish ekvilibatsiyasi (bilish, anglash, qo‘llash, analiz, sintez, baholash) va konstruktiv metodlari (interfaol, boshqaruv, rivojlantiruvchi)ni belgilash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari bakalavr ta’lim yo‘nalishi rus adabiyotini o‘qitish jarayonida o‘quv materialini o‘zlashtirishning asosiy toifalari taksonomiyasi bo‘yicha olingan nazariy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirish, taksonomiya toifalaridan foydalanish bosqichlari, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarining metakognitiv, sensorli perseptiv, mnemologik o‘zlashtirish metodologiyasi, rus adabiyotidan o‘quv materialining taksonomik toifalariga oid xulosa va tavsiyalardan “5111300-Rus tili va adabiyoti” mutaxassisligi baklavriat ta’lim yo‘nalishlarining Davlat ta’lim standartlarini hamda malaka talablarini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 89-04-1216-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida rus adabiyoti tarixi hamda rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi fanlari bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda fanga doir xususiy kompetensiyalarni loyihalash va uning mazmunini boyitishga, ta’lim tizimida uzviylik va fanlararo integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan;
rus adabiyotidan o‘quv materialini Flesh-Kinkeyd va Flesh indekslar darajasida o‘zlashtirishda o‘quv maqsadlari va vazifalarining didaktik xususiyatlari bilim egallashdagi asosiy o‘quv kategoriyalarining ierarxik ketma-ketligini shakllantirishga oid takliflardan “O‘quv materialini o‘zlashtirishda taksonomiyaning asosiy toifalari” nomli auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar maxsus o‘quv kursi tuzilmasi hamda uning o‘quv mazmunini shakllantirish, rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 17 iyundagi 89-04-1216-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarining zaruriy kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish, pedagogik kompetensiyalarini takomillashtirish, mustaqil va kreativ faoliyatga yo‘naltirish, badiiy matnni tushunish orqali ijodiy mahorati hamda tahliliy faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyati yuzaga kelgan;
rus adabiyotidan o‘quv materialini o‘zlashtirishda taksonomiyaning asosiy toifalaridan foydalanish, g‘oyaviy mohiyatni tushunish, badiiy obrazlar, syujet, fabula, kompozisiya, to‘qimalar, voqealar va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik, ichki qonuniyatlarini anglash mezonlariga oid takliflaridan FZ-2016-0910202206 raqamli “Voyaga etmaganlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka moyil o‘quvchilarni tarbiyalashning ijtimoiy-pedagogik texnologiyalari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 89-03-2167-son ma’lumotnomasi). Mazkur loyiha doirasida voyaga etmagan o‘quvchilar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan “Badiiy adabiyot vositasida voyaga etmagan o‘quvchilarni ijtimoiy tarbiyalash” metodikasining yaratilganligi ular o‘rtasida badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishning ortishiga xizmat qilgan.