Pulatova Dildora Turgunovnaning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped308.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Maqsudjon Abdullaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02. 
Rasmiy opponentlar: Mirsolieva Muxabbat To‘xtasinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Asqarova O‘g‘ilxon Mamashakirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimi kasbiy pedagogik ehtiyojlarga asoslangan variativ dasturlar orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik ehtiyojlarini bosqichma-bosqich tizimli diagnostika qilish mezonlari (mustaqil o‘qish, mutaxassislik fani metodikasi, pedagogik, psixologik, ma’naviy-ma’rifiy, umummadaniy sohalardagi bilimlari, pedagogik mahorati darajalarini baholash) ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimining o‘quv metodik ta’minoti (me’yoriy hujjatlar, metodik materiallar) o‘quv jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni samarali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka oshirish qurslaridagi yakuniy attestatsiya jarayoni variativ-integrativ yondashuvga asoslangan eksperimental mini darslarni yo‘lga qo‘yish orqali takomillashtirilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish tizimini kasbiy pedagogik ehtiyojlarga asoslangan variativ dasturlar orqali takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida (keyingi o‘rinlarda – XTTRMXQTMOI) 2017–2018 yillarda bajarilgan PZ-2016-0910145757  raqamli “Xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish kurslaridan keyingi faoliyatlarini pedagogik qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 31 iyuldagi 07-02/4-1792-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka oshirish tizimi ehtiyojlarga asoslangan yondashuv orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik ehtiyojlarini bosqichma-bosqich tizimli diagnostika qilish mezonlari Respublika ta’lim markazining “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha Ilmiy-metodik kengashi tavsiyasi asosida “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy pedagogik diagnostikasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha metodik tavsiya” nomi bilan www.rtm.uz saytiga joylashtirilgan va amaliyotga joriy qilingan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 31 iyuldagi 07-02/4-1792-son hamda Respublika ta’lim markazining 2019 yil 2 oktyabrdagi 01/11-01/01-2199-son ma’lumotnomalari). Natijada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy ehtiyojlarni aniqlash texnologiyasi pedagogik diagnostikani qo‘llash orqali modernizatsiya qilingan;
ehtiyojlarga asoslangan variativ o‘quv dasturlarini taklif etish orqali boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishga doir takliflardan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari malakasini oshirish kursining mutaxassislik modullari o‘quv dasturlari, metodik materiallarni ishlab chiqishda foydalanilgan  (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 31 iyuldagi 07-02/4-1792-son ma’lumotnomasi). Natijada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari o‘quv metodik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslaridagi yakuniy attestatsiyasini tashkil qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018 yil 29 dekabrdagi 334-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha hududiy markazlar malaka oshirish kurslari tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomi” mazmuniga singdirilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 31 iyuldagi 07-02/4-1792-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish yakuniy attestatsiya jarayoni eksperimental Mini darslarni yo‘lga qo‘yish vositasida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish