Xujakulov Nurmurod Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oltin tarkibli texnogen xomashyoni qayta ishlash jarayonidagi qimmatli komponentlarning fazoviy va hajmiy taqsimlanish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14–Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T991.
Ilmiy rahbar: Samadov Alisher Usmonovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.27.06.2017.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sagdieva Muyassar Gaybullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oltin tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash va tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning hajmiy tarqalishini aniqlash bilan keyinchalik texnogen xomashyoni biodestruksiyalash asosida metallarni ajratishning ratsional usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
GMZ-3 chiqindilari oltinning turli shakllari – sul`fidlar, kremniy oksidlari bilan bog‘liq holda hamda sof va oson sianlanadigan holatida tarqalishi aniqlangan; 
chiqindixona hajmi bo‘yicha oltinning turli xil yiriklik sinflari tarqalishi va chiqindixonadagi oson sianlanuvchi ushbu nodir metall to‘plangan zonalarining xaritalari tuzilgan; 
mineralogik xususiyatini va kimyoviy tabiatini aniqlagan holda oltin tarkibli chiqindilarni granulometrik tarkib bo‘yicha o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan; 
zaharli birikmalarni destruksiya qila oladigan chiqindi butana tarkibidagi turli aborigen mikroorganizmlar aniqlangan;
o‘ta zaharli va ishqoriy muhitga moslashgan geterotrof bakteriyalar turlarini ajratib olish va qo‘llashning yangi usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Oltin tarkibli texnogen chiqindilarni qayta ishlash va tarkibidagi qimmatbaho komponentlarning hajmiy tarqalishini aniqlash bilan keyinchalik texnogen xomashyoni biodestruksiyalash asosida metallarni ajratishning ratsional usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Qimmatli komponentlarni hajmiy va fazoviy tarqalishini tadqiq qilish» normativ hujjati 3-sonli gidrometallurgiya zavodi chiqindixonasida joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-02-10/12919-son ma’lumotnomasi). Natijada chiqindixona hududi qutub tomonlari bo‘yicha taqsimlanib bo‘lingan, yangi va turg‘un saqlanayotgan chiqindilardan 1, 2, 3 va 10 metr chuqurliklardagi nuqtalarda namunalar olish nuqtalarini belgilash imkonini bergan;
chiqindilarni qayta ishlash texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK 3-son gidrometallurgiya zavodi chiqindixonasida joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-02-10/12919-son ma’lumotnomasi). Natijada noorganik birikmalar biodestruksiyasidan so‘ng oltinning ajralib chiqishini 19% dan 35% ga oshirish imkonini bergan; 
texnogen xomashyoni sorbsion sianlash usuli “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK 3-GMZda amaliyotga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-02-10/12919-son ma’lumotnomasi). Natijada bir oylik biodestruksiyadan so‘ng, o‘rtacha texnogen xomashyodan oltinning ajralish darajasi 18,1% ga oshirish imkonini bergan;
Bacillus subtilis va Pseudomonas sp. bakteriya shtammlari “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK 3-GMZda oltin tarkibli chiqindilarni biodestruksiyalash jarayoniga joriy etilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DKning 2019 yil 10 oktyabrdagi 02-02-10/12919-son ma’lumotnomasi). Natijada butun chiqindixona bo‘yicha tarkibida o‘rtacha 1,0 g/t oltin bo‘lib, 10 oylik biodestruksiyadan keyingi sorbsiyali sianlashdan 69% oltin ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish